$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

Ikki oyda gaz va elektrdan noqonuniy foydalanish oqibatida 98 milliard soʻm zarar yetkazildi

elektr

“O‘zenergoinspeksiya” o‘tkazgan nazorat tadbirlarida 358 ta iste’molchi tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy va qoidabuzarlik holatlari aniqlandi. 

Davlat manfaatlariga qancha zarar yetkazildi?

Unga ko‘ra 25,4 mln. metr kub tabiiy gaz (62,2 mlrd. so‘m) va 29,4 mln. kilovatt-soat elektr energiyasidan (35,8 mlrd. so‘m) noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga jami 98,1 mlrd. so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi. 

O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida miqdori 370,8 tonna qiymati 6,3 mlrd. so‘mlik neft mahsulotlaridan belgilangan talablarga zid ravshda foydalanish holatlari aniqlandi. Iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 342 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi. 

Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish ulushi koʻproq

Xususan, o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan holatlarning 142 tasi elektr energiyasi, 200 tasi esa tabiiy gazdan foydalanishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar yuzasidan 37 ta brigadaning ish faoliyati o‘rganildi. Tashkiliy va texnik tadbirlarni bajarmasdan, xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilmagan 16 ta brigada ishdan chetlashtirildi. 

Inspeksiya tomonidan iste’molchilarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha umumiy quvvati 214 mVt bo‘lgan jami 1 ming 55 ta obyektning elektr ta’minoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, 733 ta iste’molchining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulanishiga ruxsat berildi.

Теги :
Jamiyat