$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Namangandagi “zapravka”lar sifatsiz benzin ortidan 103 million so‘m daromad qildi

Zapravka

Raqobat qo‘mitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tgan 2024-yil davomida Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari tomonidan isteʼmolchilarga yetkazib berilayotgan benzin mahsulotlari sifati yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilgan.

103 million so‘m asossiz daromad

Olib borilgan o‘rganishlar natijasida 7 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar:

·      “KO‘HINUR” MCHJ

·      “IMRON REVER GROUP" MCHJ

·      “BRAND YANGI MAKON” MCHJ

·      “G‘ULOM BOTIR OIL SERVIS” XK

·      “OQTOSH YAGONA SANOAT” MCHJ

·      “FAYZ SAXOVAD GAZ OIL” MCHJ

·      “SOF OIL” MCHJlar tomonidan isteʼmolchilarga sifatsiz mahsulot sotganligi natijasida 103 mln. so‘mga yaqin asossiz daromad olganlik holatlari aniqlangan.

Asossiz daromadni isteʼmolchilarga qaytarish masalasi

Yuqoridagi aniqlangan holatlarga muvofiq, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi AYOQSHlarga nisbatan “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilishi alomatlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq ishlar qo‘zg‘atilib, olingan asossiz daromadni isteʼmolchilarga qaytarish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonun buzilishini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Andijonda esa 128 million so‘m asossiz daromad

Bundan oldin, Robat qoʻmitasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtgan 2024-yil davomida Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari tomonidan isteʼmolchilarga yetkazib berilayotgan benzin mahsulotlari sifati yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazilgan.

Olib borilgan oʻrganishlar natijasida 18 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlarlar:

·      “FAYKON” MChJ

·      “MARKAZIY GAZ OIL” MChJ

·      “AZIZBEK BARCHINOY” MChJ

·      “SANJAR” MChJ

·      “QALQON INVEST STAR” MChJ

·      “BARAKA 2000” MChJ

·      “ZIYO AGRO KIMYO MINERAL” MChJ

·      “ABDUSATTOR SIFAT OIL” MChJ

·      “MADINA BARAKA XAMKOR” MChJ

·      “ANDIJON NEFT BAZASI” MChJ

·      “FAYZ BARAKA HAMKORI” MChJ

·      “ECO PETROL MAX” MChJ

·      “MUSTAQILLIK 2001” MChJ

·      “ELIT TRANZIT OIL” MChJ

·      “BOBURSHOX PLYUS OIL” MChJ

·      “BRAVA OIL KO” MChJ

·      “MOXINUR OIL” XK

·      “MAKS PETROL AGRO” MChJlar tomonidan isteʼmolchilarga sifatsiz mahsulot sotganligi natijasida 128 mln. soʻmga yaqin asossiz daromad olganlik holatlari aniqlangan.

Теги :
Jamiyat