Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 91 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +9°

O‘zbekiston yana “Zakovat Asian Cup” kubogi sohibiga aylandi

Bugun Qirg‘iziston potaxti Bishkek shahrida “Zakovat Asian Cup II” turniri bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Zakovat” terma jamoalari “Brain ring” formatida bosh sovrin – turnir kubogi uchun bahslashishdi.

1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yana “Zakovat Asian Cup” kubogi sohibiga aylandi

📍 Bugun Qirg‘iziston potaxti Bishkek shahrida “Zakovat Asian Cup II” turniri bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Zakovat” terma jamoalari “Brain ring” formatida bosh sovrin – turnir kubogi uchun bahslashishdi.

🔑 Tadbirning ochilishi:

– Turnirni Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va Qirg‘iziston Prezidenti administratsiyasi rahbari Adilbek Kasimaliyev ochib berdi.

– Adilbek Kasimaliyev o‘z nutqida ikki davlat o‘rtasidagi samimiy munosabatlar va do‘stona diplomatiyani e’tirof etib, Shavkat Mirziyoyev va Saida Mirziyoyevaga minnatdorchilik bildirdi.

🏅 Yakuniy natijalar:

– O‘zbekiston “Zakovat” terma jamoasi Qirg‘izistonni 2:0 hisobida mag‘lub etib, “Zakovat Asian Cup” kubogi sohibiga aylandi.

🌍 Bishkekdagi xalqaro intellektual turnir:

– Ushbu turnir Bishkekdagi ilk xalqaro intellektual turnir emas.

– 16-17-avgust kunlari Bishkekda III Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.

– Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Rossiyadan kelgan bilimdonlar “Brain ring”, “Shaxsiy o‘yin” va “Zakovat” bahslarida o‘zaro bellashishdi.