Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 91 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +9°

O‘zbekistonning xalqaro zahiralari $48,5 milliardni tashkil etdi

2025-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning xalqaro zahiralari $48,5 milliardni tashkil etdi. Bu o‘tgan oyga nisbatan $1,1 milliardga kam.

1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning xalqaro zahiralari $48,5 milliardni tashkil etdi

📍 2025-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning xalqaro zahiralari $48,5 milliardni tashkil etdi. Bu o‘tgan oyga nisbatan $1,1 milliardga kam.

📉 Zahiralarning qisqarishi:

– Asosiy sabab — xorijiy valyutadagi zahiralar keskin qisqargani.

– Iyun oyida xorijiy valyutadagi zahiralar qiymati deyarli $1,9 milliard kamayib, $9,6 milliardga tushdi.

📈 Oltin zahiralari o‘sdi:

– Oltin zahiralari hajmi qariyb 10 tonnaga oshdi.

– Oltin zahiralarining qiymati $763 millionga ko‘payib, $38,4 milliardga yetdi.

💡 Zahiralarning ahamiyati:

– Oltin-valyuta zahiralari mamlakat uchun “xavfsizlik yostig‘i” hisoblanadi, chunki ular tashqi qarzlarni to‘lash, importni moliyalashtirish va favqulodda holatlarda zarur bo‘ladi.

– Hozirgi zahiralar O‘zbekistonning taxminan 14 oylik import xarajatlarini qoplashga yetadi.