O‘zbekistonda goʻshtdan zaharlanib murojaat qilayotganlar koʻpaygani haqidagi xabarlar rad etildi
Xabar berilishicha, so‘nggi bir sutka davomida go‘shtdan zaharlanish belgilari bilan birorta holat qayd etilmagan.
1 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga goʻshtdan zaharlanib murojaat qilayotgan bemorlar soni ortgani haqida turli xabarlar tarqaldi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi ushbu ma’lumotlar mutlaqo asossiz va haqiqatga zid ekanligini ma'lum qildi.
750 nafarga yaqin fuqaro murojaati
Aniqlanishicha, soʻnggi kunlarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bir sutka davomida oʻrtacha 750 nafarga yaqin fuqaro murojaat qilib, tez tibbiy yordam brigadalari tomonidan 175 nafarga yaqin bemor olib kelingan.
Go‘shtdan zaharlanish holatlari mavjud emas
Biroq ular orasida goʻshtdan zaharlanish belgilari bilan birorta holat qayd etilmagan.
“Eslatib oʻtamiz, bu kabi yolgʻon xabarlarni tarqatish tegishli tartibda javobgarlikka sabab boʻladi”, – deyiladi xabarda.



