Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 92 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +23° kechasi +9°

Buxorodagi to‘yda ommaviy zaharlanish yuz berdi

Fuqarolar iste’mol qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga e’tiborni kuchaytirishga chaqirildi.

1 daqiqa o‘qiladi

Buxorodagi to‘yda ommaviy zaharlanish yuz berdi

12-aprel kuni Buxoro viloyatining Galaosiyo shahridagi “Oqshom” to‘yxonasida o‘tkazilgan to‘yda 53 kishi, jumladan, bolalar zaharlandi, deb xabar berdi Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi.

Voqea qanday bo‘ldi?

13-aprelga o‘tar kechasi (soat 22:00 dan 03:00 gacha) Buxoro viloyati markaziy shifoxonasiga qorinda og‘riq, qusish, ko‘ngil aynish, holsizlik shikoyatlari bilan 16 nafar fuqaro, jumladan, 4 nafar bola murojaat qilgan.

Bu yerda ishlayotgan barcha shifokorlar, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi mutaxassislari zudlik bilan shifoxonaga olib kelingan.

Ovqatdan zaharlanish tashxisi

Barcha bemorlarga “o‘tkir diareya, gastritik va gastroenteritik shakli, o‘rta og‘irlikda kechishi; ovqatdan zaharlanish” tashxisi qo‘yilgan va infuzion terapiya boshlangan.

Xuddi shunday shikoyat bilan qo‘shni Vobkent tumani tibbiyot birlashmasiga ham 37 nafar fuqaro, jumladan, 9 nafar bola murojaat qilgan. Ularga ham xuddi shunday tashxis qo‘yilgan.

Oziq-ovqat sifatida e'tiborli bo‘ling

13-aprel soat 9:00 holatiga ko‘ra, sog‘lig‘i qoniqarli bo‘lgan 43 nafar: Buxoro tumanida — 11 nafar, Vobkent tumanida — 32 nafar fuqaro tibbiyot muassasalaridan chiqarilgan. Kun davomida qolganlarni ham uylariga jo‘natish rejalashtirilgan edi.

Tibbiyot xodimlari barcha bemorlarning ahvolini nazoratga oldi.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi fuqarolarni iste’mol qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga e’tiborni kuchaytirishga chaqirdi.