$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Reklamasida “yulduz”ini koʻpaytirib koʻrsatgan mehmonxonalar jarimaga tortildi

hotel

Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan bir nechta tadbirkorlik sub'ektining “Reklama toʻgʻrisidagi” qonunni buzgani aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tasdiqlanmagan 3 “yulduz” 

Qayd etilishicha, qoʻmita tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida, Samarqand shahrida joylashgan 2 ta mehmonxona – “Xursheda grand” OKga tegishli “Vazira Hotel” va “Diplomat premium” OKga tegishli “Diplomat Premium Hotel” mehmonxonalari tomonidan reklama va bronlash platformasiga tasdiqlanmagan 3 “yulduz” qoʻyilganligi aniqlangan.

Moliyaviy jarima qoʻllanilgan

Ushbu vaziyatda “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunning 16-moddasi hamda “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunning 6-moddasi talablari buzilganligi holati aniqlanib, “Xursheda grand” OK va “Diplomat Premium” OKga nisbatan tegishli tartibda ish qoʻzgʻatilgan. Mazkur ish boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilib, ushbu mehmonxonalarga nisbatan moliyaviy jarima qoʻllanilgan.

Jurnalist Otabek Mahkamovning tasviridan uning roziligisiz foydalanilgan

Bundan tashqari, Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan “Minded” MChJga tegishli boʻlgan “Minded school” oʻquv markazi binosida joylashtirilgan reklama bannerida oʻzbek kino aktyori, xalqaro darajadagi huquqshunos va jurnalist Otabek Mahkamovning tasviridan uning roziligisiz foydalanilganligi aniqlangan.

Ushbu holat boʻyicha “Minded” MChJga nisbatan tegishli tartibda ish qoʻzgʻatilib, boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilgan.

Natijada, “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunining 16-moddasi 3-qismi 5-xatboshi (jismoniy shaxsning nomidan yoki tasviridan uning roziligisiz foydalanish taqiqlanadi) talablarini buzgan holda nomaqbul reklama (notoʻgʻri, axloqsiz, yashirin reklama, shuningdek ushbu Qonun talablariga mos kelmaydigan boshqa reklama) sifatida joylashtirilganligi sababli “Minded” MChJga nisbatan moliyaviy jarima qoʻllanilgan.

Shuningdek, yuqoridagi subyektlarga qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻrsatmalar berilgan.