$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Samarqand viloyati YHXB jarohatlanganlar haqida ma’lumotni yashirganmi?

YTX

Samarqand viloyati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) 11-fevral kuni sodir bo‘lgan avtobus halokati yuzasidan qisqa bayonot bilan chiqdi. Unga ko‘ra, hodisada faqat bitta qurbon bo‘lgan, jarohatlanganlar esa tilga olinmagan. Biroq, “Milliy” telekanali jurnalistlari voqea joyidagi shifokorlar bilan gaplashib, rasmiy ma’lumotdan butunlay farq qiluvchi tafsilotlarni aniqlashdi

Shifokor: “Aslida 22 kishi jarohat olgan” 

Jurnalistlar mahalliy shifoxonaga yetkazilgan jabrlanuvchilar haqida ma’lumot olishdi. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, hodisa natijasida shifoxonaga 23 nafar ayol keltirilgan. Ulardan biri hodisa joyida vafot etgani tasdiqlangan, qolgan 22 nafari turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

“Bizga olib kelingan 23 ayoldan biri allaqachon vafot etgan edi. 16 nafari jarrohlik bo‘limiga joylashtirildi, 2 nafari esa og‘ir ahvolda reanimatsiyaga yotqizildi” – deydi u. Qay etilishicha, YTHga ushragan yo‘lovchilar konsertga ketayotgan bo‘lgan.  

Avariya sababi nima? 

Dastlabki tekshiruvlarga ko‘ra, YTH avtobus haydovchisining noto‘g‘ri harakatlari sabab sodir bo‘lgan. U yo‘l sharoitini inobatga olmasdan tezlikni oshirgan, so‘ng keskin tormozlagan va natijada transport ag‘darilgan. 

Rasmiylar nega real ma’lumotni oshkor qilmadi? 

Shubhali vaziyat yuzaga kelmoqda: mahalliy YHXB jarohatlanganlar haqida nega sukut saqladi? Bu e’tiborsizlikmi yoki atayin ma’lumotni yashirishmi? Rasmiylar hozircha faqat quruq bayonotlar bilan kifoyalanmoqda, biroq hodisaning guvohlari va shifokorlar aytayotgan ma’lumotlar rasmiy “versiya”dan keskin farq qilmoqda.

Теги :
Jamiyat