$
 12920.00
-11.94
 14102.18
-5.27
 149.52
-0.66
weather
+26
Кечаси   +14°

Mast holda mashina boshqarib, 3 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan 19 yoshli yigit 6 yilga qamaldi

YTH

Namangan viloyati Uychi tumanida mast holda mashina boshqarib uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yigitga sud hukmi o‘qildi. 

Haydovchilik guvohnomasi ham yo‘q

Qayd etilishicha, 19 yoshli yigit 2024-yil 29-oktyabr kuni do‘stlari bilan tungi klubda spirtli ichimlik iste’mol qilgan. So‘ngra o‘ziga tegishli bo‘lmagan Captiva`ni haydovchilik guvohnomasi bo‘lmasa-da soatiga 100 km. tezlikda boshqargan.

Uchqo‘rg‘on-Uychi-Namangan yo‘lida u Cobalt bilan to‘qnashgan. Oqibatda Cobalt ichida bo‘lgan uch nafar shaxs voqea joyida vafot etgan.

Trasport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uychi tuman sudida o‘tkazilgan sud majlisida yigit Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan aybdor deb topildi.

Sud unga 6 yilga ozodliqdan mahrum qilish jazosi tayinladi. Ayblanuvchi jazoni manzil-koloniyada o‘taydi va 3 yil muddatga barcha turdagi transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etiladi.

Jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar ham undirish belgilandi.

Теги :
Jamiyat