$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻtgan yilda 26 mingdan ortiq shaxs yo‘l harakatini buzgani uchun javobgarlikka tortildi

Yo

Oʻtgan yilda 26 mingdan ortiq shaxsga yoʻl harakati qoidalarini buzgani uchun jazo qoʻllanildi. Bu haqda Oliy sud ma’lum qildi.

Jami qancha ish koʻrib chiqildi?

2024-yilda transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi (MJtKning 133-moddasi) bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha 40 119 nafar shaxsga nisbatan 39 270 ta ish ko‘rib tamomlangan.

Shundan 26 063 nafar shaxsga nisbatan jarima va transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish kabi ma’muriy jazolar qo‘llanildi.

Ikki mingdan ortiq qurbon

Avvalroq o‘tgan yili 9 364 ta YTH oqibatida 8 901 kishi jarohatlangani va 2 203 kishi halok bo‘lgani xabar bergan edik. Rasman qayd etilgan YTHlarning 3 045 tasi (32,5 foiz) yuk va yo‘lovchi tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari bilan bog‘liq.

Теги :
Jamiyat