Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +17° kechasi +10°

Madaniyat vazirining xizmat avtomobili velosipedchini urib yubordi

Ijtimoiy tarmoqlarda Ozodbek Nazarbekovning xizmat avtomobili velosipeddagi yo‘lovchini urib yuborgani aytilayotgan videolavha tarqaldi. Vazirlik qanday munosabatda?

1 daqiqa o‘qiladi

Madaniyat vazirining xizmat avtomobili velosipedchini urib yubordi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning xizmat avtomobili velosipeddagi yo‘lovchini urib yuborgani aytilayotgan videolavha tarqaldi. 

Voqea qachon bo‘lgan?

Vazirlik axborot xizmati mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, hodisa joriy yilning 16-fevral kuni Andijon viloyati Qorasuv shahrida sodir bo‘lgan.

Ayb kimda bo‘lgan?

Videoda velosipedchi yo‘lni kesib o‘tishga uringanligi, natijada, velosiped haydovchisi xizmat avtomobili kelguniga qadar yo‘ldan o‘tishga ulgurmaganligi aks etgan. Jabrlanuvchi zudlik bilan shifoxonaga olib borilib, shifokorlar unga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatishgan. Tekshiruvlar natijasida yo‘lovchining sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy, xavotirli holat yo‘qligi aniqlandi.

“Zaruratga ko‘ra, albatta, bu borada yana qo‘shimcha axborot beriladi. Shu o‘rinda, yurtdoshlarimizdan yo‘lda harakatlanish madaniyatiga qat’iy rioya qilishlarini so‘rab qolamiz.” – deyiladi vazirlik munosabatida.