Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +17° kechasi +10°

YPX xodimi tutqanog‘i tutib qolgan bemorga yordam berdi

Toshkent shahrida tutqanog‘i tutib katta ko‘cha yoqasida yiqilib yotgan fuqaroga YPX xodimi yordam bergan.

1 daqiqa o‘qiladi

m 2 17

Toshkent shahrida tutqanog‘i tutib katta ko‘cha yoqasida yiqilib yotgan fuqaroga YPX xodimi yordam bergan. 

Voqea qachon sodir bo‘ldi?

IIV axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024-yil 13-fevral kuni sodir bo‘lgan va holat atrofdagi kuzatuv kameralariga tushib qolgan.

Fuqarolardan biri Yakkasaroy tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasi bo‘ylab ketayotganda birdan tutqanog‘i tutib qolgan va yiqilib tushgan.

Hech kim yordam bermagan

U ko‘chada yotar ekan, o‘sha atrofda bo‘lgan odam va ko‘chadan mashinada o‘tayotgan haydovchilardan hech kim unga yordam bermagan.

Shu payt YPX xodimlari yotgan odamni ko‘rib qolib, to‘xtashgan va xodimlardan biri unga yordam bergan.

Kerakli dorilarni olib bergan

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, xodim kichik serjant Javohirbek Tovasharov bo‘lgan. U bemorga dastlabki yordamni ko‘rsatgach, uni shifoxonaga olib bormoqchi bo‘lgan.

Biroq o‘ziga kelgan bemor dorisi tugab qolgani uchun tutqanog‘i tutib qolganini aytgach, unga kerakli dorilarni olib berib, manziliga yetkazib qo‘ygan.