$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Islom Karimov tayinlagan so'nggi hokim o'zining noqonuniy qarorini bekor qildi

Bozorov

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov "Yoshlar ko‘li" hududini xususiy korxonaga berish to‘g‘risidagi qarorini Ommaviy axborot vositalarida keskin noroziliklardan so‘ng bekor qilishga majbur bo‘ldi.

Hokim qarori

Hokim 29-yanvarda imzolagan 2 gektar hududdagi "Yoshlar ko‘li" maydonini "Unays" qurilish shirkatiga doimiy foydalanish huquqi bilan berish to‘g‘risidagi qarorini 7-mart kuni bekor qildi. Farg‘ona viloyat markazidagi qimmat yerga ko‘p qavatli uy, mehmonxona, restoran va savdo majmuasi qurish uchun "bino va inshootlar" nomi ostida egalik huquqini kiritgan "Unays" qurilish shirkati qaror chiqishidan 24 kun oldin ro‘yxatdan o‘tganligi ko'plab jamoat faollarida shubha uyg‘otgan.

Devaktiv munosabati

Hokim qarori noqonuniy ekan haqidagi tanqidiy maqola O‘zAda e’lon qilingandan keyingina Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rasmiy munosabat bildirib mazkur qaror noqonuniy ekanligini ma’lum qiladi. "Farg‘ona viloyati hokimligiga obyektni Farg‘ona shahar hokimligi balansiga o‘tkazish va “Unays building” MCHJga foydalanishga berish to‘g‘risidagi qarorlarni bekor qilish bo‘yicha joriy yil 6-mart kuni tegishli ko‘rsatmalar yuboriladi. 

"Otdan tushsa ham, egardan tushmas"

Farg‘ona viloyat hokimi tomonidan chiqarilgan qaror ijtimoiy tarmoqlarda kattagina shov-shuvlarga sabab bo‘lgandan so‘ngina u o‘zining qarorini bekor qilishga majbur bo‘ldi. Davaktiv tomonidan qarorda bir qancha qonun buzilishlari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsa-da, qarorni bekor bo‘lishiga qurilish tashkilotining chet ellik invetor tomonidan o‘z vaqtida moliyalashtirish ishlari bajarilmagani sabab qilib ko‘rsatilgan. " “Unays building” MCHJ 2024-yil 4-martdagi №5-sonli xat orqali murojaat qilib, chet ellik investorlar tomonidan moliyalashtirish o‘z vaqtida amalga oshirilmayotganligini bildirganligi inobatga olinsin", deyiladi hokimlik qarorida. Shuningdek,Farg‘ona viloyati hokimining 2024-yil 29-yanvardagi 44-11-0-Q/24-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin”, – deya qo'shimch qilinadi Farg‘ona viloyat hokimining o‘z qarorini bekor qilish haqidagi qarorida.

Ma'limot uchun Xayrulla Bozorov 2015-yilda Islom Karimov tomonidan Namangan viloyatiga hokim etib tayinlangan va u yerda 2020-yilgacha faoliyat olib borgan. Qiziqarlisi, u Islom Karimov tomonidan tayinlangan so'nggi viloyat hokimidir. Bozorov 2020-yil 25-sentyabrdan boshlab amaldagi o'rnida faoliyat yuritmoqda.