$
 12049.44
52.23
 14024.34
75.18
 163.92
2.4
weather
+26
Кечаси   +14°

Byudjetdan ajratilgan moddiy yordam pullarining 75 foizi ishlatilmagan

Pul

3-iyun kuni o‘tkazilgan parlament yig‘ilishida deputat Sayyora Imomova ushbu savol bilan Bandlik vaziriga yo‘llandi.

“Vazirlik va unga tegishli tashkilotlar mablag‘lar ishlatilishida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yganini ko‘rmoqdamiz. Birinchidan, Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasiga ajratilgan 485,6 milliard so‘mning 63,9 foizi ishlatilgan. Ikkinchidan, Bandlikka ko‘maklashish davlat maqsadli jamg‘armasiga ishsizlik nafaqasi va moddiy yordam uchun ajratilgan mablag‘larning 75 foizi, ya’ni 48,6 milliard so‘m ishlatilmay qolgan”, dedi deputat.

Subsidiya mablag‘larining 27 foizi ishlatilgan xolos

“Eng og‘riqli masala shuki, hokim yordamchilari tavsiyasi asosidagi 40 ming nafar ayolga subsidiya ajratilishi belgilangan bo‘lsa-da, ularning atigi 7 ming nafari shu imtiyozdan foydalangan. Qolgan 33 ming ayolni tadbirkorlikka jalb etish, qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar e’tiborsiz qolib ketgan. Davlat tomonidan shuncha mablag‘lar ajratilgan, minglab ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va ayollar yordam kutib turgan bir sharoitda vazirlik va tashkilotlar tomonidan pullarning o‘z o‘rnida ishlatilmaganining sababi nimada”, deya savol qo‘ydi deputat Sayyora Imomova

Bandlik vaziri o‘rinbosari Alisher Murodov subsidiyalar rejasi to‘liq bajarilmaganini to‘lov mexanizmi o‘zgargani bilan izohladi.Xususan, talab past yoki samarasi kam bo‘lgan 14 turdagi subsidiya bekor qilindi. Ularning o‘rniga kambag‘al oilalarni tadbirkorlik va daromadli mehnatga jalb etish uchun foizsiz ssudalar va boshqa moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari joriy etildi. Natijada hokim yordamchilarining tavsiyasi asosida subsidiya ajratilgan ayollar soni bo‘yicha belgilangan indikator rejaga nisbatan to‘liq bajarilmagan.

“Olti oylik hisobot paytida sizga yaxshiroq raqamlarni, natijalarni ma’lum qilamiz”

Yig‘ilishda bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov deputatga 2026-yilda mablag‘lar sarflanishi bo‘yicha nazorat kuchaytirilishini aytdi.

“Joriy yilda siz aytgan kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilamiz. Ayniqsa, siz aytib o‘tgan hokim yordamchilarining tavsiyasi bilan xotin-qizlarga beriladigan subsidiyalarning ishlatilishiga alohida e’tibor qaratyapmiz. Nasib bo‘lsa, bu yil olti oylik hisobot paytida sizga yaxshiroq raqamlarni, natijalarni ma’lum qilamiz”, dedi vazir.

Теги :
Jamiyat