$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Tailandda 23 yoshli o‘zbekistonlik qiz mehmonxona balkonidan tushib ketdi

O

O‘zbekistonning Tailanddagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Pattaya shahrida baxtsiz hodisa natijasida og‘ir jarohat olgan vatandoshimiz Vatanga qaytdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Baxtsiz hodisa

2024-yil 7-dekabr kuni Pattaya shahridagi mehmonxonaning oltinchi qavatidagi balkondan 23 yoshli o‘zbekistonlik ayol pastga tushib ketishi oqibatida og‘ir jarohatlar oldi. Uni shoshilinch ravishda mahalliy kasalxonaga yetkazishdi va tibbiy muolajalar boshlandi.

Bosh konsulxona tomonidan ko‘rsatilgan yordam

O‘zbekistonning Tailanddagi Bosh konsulxonasi hodisadan xabardor bo‘lgach, zudlik bilan fuqaroga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatdi. Bosh konsulxona vakili “Chonburi Hospital” kasalxonasida bo‘lib, bemorning ahvolidan xabar oldi.

Bemorning davolanishi jarayonida 352.257 Tailand bati (taxminan 10 ming AQSh dollari) miqdoridagi qarzdorlik yuzaga kelgan. Shu bois 101.000 bat (taxminan 2.600 AQSh dollari) bemorning o‘zi va homiylar tomonidan to‘lab berildi. 251.257 bat (taxminan 7.400 AQSh dollari) miqdoridagi qarz kasalxona ma’muriyati tomonidan kechirildi.

Vatanga qaytish uchun zarur sharoit yaratildi

Hodisa chog‘ida fuqaroning pasporti yo‘qolganligi sababli Bosh konsulxona unga Vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirdi.

Bundan tashqari, “Uzbekistan Airways” tomonidan “Bangkok–Toshkent” reysiga aviachipta sotib olinib, bemor uchun maxsus joy ajratildi. Uning parvoz davomida xavfsizligi ta’minlanishi uchun ishonchli shaxs hamrohlik qildi.

Теги :
Jamiyat