$
 12060.55
-36.78
 14183.21
-50.51
 161.32
0.79
weather
+26
Кечаси   +14°

Besh mingga yaqin o‘zbekistonlik Rossiya safida Ukrainaga qarshi jang qilmoqda

urush

Ukrainaning “Xochu jit!” (“Yashashni xohlayman!”) davlat loyihasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston, avvalgidek, Rossiya safida urishayotgan yollanma aksarlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘lib qolmoqda — ular mamlakatning 4853 nafar fuqarosining shaxsiy ma’lumotlarini aniqlagan. Bu haqda “Xochu jit!” vakillari “Ukraina — Markaziy Osiyo” loyihasi so‘roviga javoban ma’lum qildi.

 12 mingdan ortiq Markaziy Osiyo fuqarolari

Umuman olganda, 2026-yil holatiga ko‘ra, “Xochu jit!” Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolagan hamda Rossiya armiyasi safida jang qilgan yoki qilayotgan 12 666 nafar Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlariga ega ekani qayd qilingan.

O‘zbekistondan keyingi ikkinchi o‘rinda Tojikiston bormoqda, Rossiya armiyasida jang qilayotgan 3407 nafar tojikistonlik haqida ma’lumotlar mavjud.

Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston (2389 nafar), Qirg‘iziston (1439) va Turkmaniston (578) turibdi.

Yollanish

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligi o‘zbekistonliklar uchun uchinchi davlatlar hududida va ular tomonida harbiy harakatlarda ishtirok etish jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida bir necha bor ogohlantirgan. O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasiga ko‘ra, yollanish, ya’ni nizolashayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilinib turgan nizolashayotgan davlat hududida doimiy yashamaydigan yoki hech qanday davlat tomonidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiy topshiriqni bajarish vakolati berilmagan shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni ko‘zlab, o‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to‘qnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishi 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Jinoyat kodeksining 154−1-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirishi bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, xizmatga yollanishi esa 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Теги :
Jamiyat