Qirg‘izistonda jon boshiga YAIM 85 foizga o‘sdi: O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan taqqoslash
2022–2024-yillar davomida Qirg‘izistonda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot (YAIM) 85 foizga o‘sgan. Qiyoslash uchun, Qozog‘istonda ushbu ko‘rsatkich 42 foiz, O‘zbekistonda esa 37 foizni tashkil etgan.
2 daqiqa o‘qiladi

📊 2022–2024-yillar davomida Qirg‘izistonda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot (YAIM) 85 foizga o‘sgan. Qiyoslash uchun, Qozog‘istonda ushbu ko‘rsatkich 42 foiz, O‘zbekistonda esa 37 foizni tashkil etgan.
💡 Mirkomil Xolboyevning tahlili:
– Janubiy Koreyaning Chonbuk milliy universiteti magistranti va xalqaro savdo sohasidagi mutaxassis Mirkomil Xolboyevning tahliliy tadqiqotlariga ko‘ra, Qirg‘izistonda jon boshiga YAIM 2500 dollarga yaqinlashgan.
– Joriy yilning birinchi choragida YAIM 13,1 foizga oshgani haqida dastlabki ma’lumotlar mavjud.
– Agar o‘sish tendensiyasi saqlanib qolsa, 2026-yilga kelib Qirg‘iziston jon boshiga YAIM bo‘yicha O‘zbekistonni quvib o‘tishi mumkin.
– Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2027-yildan boshlab qirg‘izistonliklarning o‘rtacha daromadi o‘zbekistonliklarning o‘rtacha daromadidan yuqori bo‘lish ehtimoli mavjud.
📈 2024-yil yakunlari:
– O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,5 foizga o‘sib, yalpi ichki mahsulot hajmi 115 milliard dollarga yetdi.
– Aholi jon boshiga YAIM esa 39,1 million so‘m (3093 dollar)ni tashkil etdi.
– Qirg‘izistonda bu ko‘rsatkich 2400 dollarga yetgan.
– Bishkek 2030-yilgacha jon boshiga YAIMni 4500 dollarga yetkazishni maqsad qilgan, Toshkent esa 5000 dollarni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
📉 Mintaqaviy o‘sish sabablari:
– Mirkomil Xolboyevga ko‘ra, kuzatilayotgan o‘sish asosan mintaqaviy vaziyatdagi o‘zgarishlar natijasida sodir bo‘lmoqda.
– So‘nggi yillardagi mintaqaviy keskinlik Qirg‘iziston uchun kutilmagan holda juda qulay iqtisodiy muhit yaratgan.
– Mamlakat iqtisodiyoti yiliga o‘rtacha 9% o‘smoqda — bu mintaqadagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.



