Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 91 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +23° kechasi +9°

Navoiy viloyatida 2025-yil “Alisher Navoiy yili” deb nomlanadi

“Hazrat Navoiyni anglash – o'zligimizni anglash” mavzusida respublika tanlovi, shuningdek, ta'lim tashkilotlari va mahallalarda “Navoiyxonlik kechalari” tashkil etiladi.

2 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyatida 2025-yil “Alisher Navoiy yili” deb nomlanadi

“Buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy ijodiy merosini yurtimiz va jahon miqyosida keng targ'ib qilish hamda Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili”ni yuqori darajada oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi

2025-yil “Alisher Navoiy yili” deb nomlanadi

Qarorga koʻra, Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Navoiy viloyatida 2025-yil “Alisher Navoiy yili” deb nomlanadi.

Alisher Navoiy ijodiy merosini chuqur oʻrganish va keng targʻib qilish hamda Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili”ni yuqori darajada oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi hamda chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Alisher Navoiy merosini oʻrganish ishlarini yanada yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida yurtimiz va chet ellarda tizimli asosda ilmiy izlanishlar olib borish va ularning natijalarini eʼlon qilish, ushbu mavzuda yangi ilmiy, badiiy va ommabop asarlar yaratish, xorijdagi navoiyshunos olim hamda ijodkorlarning asarlarini oʻzbek tilida nashr etish choralarini koʻrish Respublika komissiyasining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Xalqaro konferensiya va simpoziumlar 

 “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” anʼanaviy xalqaro simpoziumi va navoiyxonlik tadbirlari yuqori saviyada o'tkaziladi.

Navoiy davlat universitetida 2025-yil 10–15-oktyabr kunlari “Alisher Navoiy ilmiy-adabiy merosining umumbashariyat maʼnaviy va ma'rifiy taraqqiyotidagi o'rni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o'tkaziladi.

“Hazrat Navoiyni anglash – o'zligimizni anglash” mavzusida respublika tanlovi, shuningdek, ta'lim tashkilotlari va mahallalarda “Navoiyxonlik kechalari” tashkil etiladi.