$
 12858.15
-58.95
 14505.28
44.59
 159.71
-0.43
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

O‘zbekistonda 2025-yil 1-martdan moped va skuterlar uchun haydovchilik guvohnomasi talab etiladi

moped/skuter

O‘zbekiston Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati fuqarolarga moped va skuterlarni boshqarish qoidalari bo‘yicha eslatma bilan chiqdi. 2025-yil 1-martdan boshlab, ushbu transport vositalarini faqat “A” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega shaxslar boshqarishi mumkin.

Bundan tashqari, moped va skuterlar majburiy ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, maxsus davlat raqami belgilari bilan ta’minlanadi.

Qoidalar qanday o‘zgardi?

 • Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi qaroriga ko‘ra, dvigatel hajmi 25–50 sm³ yoki elektr dvigateli 0,25–4 kVt bo‘lgan moped va skuterlar alohida davlat raqam belgilari bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

 • Ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi 2025-yil 28-fevralga qadar davom etadigan vaqtinchalik nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

 • Guvohnomasiz boshqargan haydovchilar jarimaga tortiladi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish narxi qancha?

2024-yil dekabr oyidan boshlab motosikl, elektromotosikl, moped va skuterlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun BHMning 1,5 baravari — 562 500 so‘m miqdorida davlat boji belgilangan.

Hozirda YHXX tomonidan fuqarolarga haydovchilik guvohnomasini olish va transport vositalarini o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Теги :
Jamiyat