$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi “povorotnik”ni yoqmasdan qayrilgan haydovchilarga jarima qo‘llanadimi?

Povorotnik

Ijtimoiy tarmoqlarda 1-maydan boshlab kameralar yana bir qoidabuzarlikni qayd qilishni boshlashi haqida xabarlar tarqaldi. Ya’ni haydovchilar ogohlantiruvchi ishoralarni yoqmasdan manyovrni amalga oshirsa, qoidabuzarlik sifatida qayd etiladi. Xo‘sh, ushbu xabar qanchalik haqiqatga yaqin?

Chindan ham shundaymi?

Holatga Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati munosabat bildirdi.

“Ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan asoslantirilmagan, ya’ni transport vositasi haydovchisi harakat davomida ogohlantiruvchi ishoralarni yoqmasdan manyovrni (o‘nga yoki chapga qayrilsa) amalga oshirsa kameralar tomonidan qoidabuzarlik sifatida qayd etilib jarimaga sabab bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi, aniqlik kiritilmagan ma’lumotlarni turli izohlar bilan omma e’tiboriga tarqatmasliklarini so‘raymiz.

Yolg‘on axborotni tarqatish javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz”, deyiladi munosabatda.

Теги :
Jamiyat