$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankiga qo‘shilsa qanday imkoniyatlarga ega bo‘ladi?

Yevroosiyo taraqqiyot banki

1-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi Hukumat rahbarlari Kengashining navbatdagi majlisida kuzatuvchi maqomida ishtirok etish uchun Yerevanga tashrif buyurgan. Tashrif davomida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi va O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlari rejasi imzolangan. 

Ishlar yakuniy bosqichda

Bugun xalqaro nashrlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, O‘zbekistonning Yevroosiyo taraqqiyot bankiga qo‘shilish ishlari yakunlanmoqda. Bosh vazir matbuot kotibi hozircha O‘zbekistonning Yevroosiyo taraqqiyot bankiga qo‘shilish jarayoniga oid ma’lumotlarni ochiqlaganicha yo‘q. Abdulla Aripovning uchrashuvda ta’kidlashicha, O‘zbekistonda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari kapitali ishtirokidagi kompaniyalar soni 4,5 mingga yetgan, tashqi savdo aylanmasi 12 foizga oshib, 11,4 milliard AQSH dollarini tashkil etgan.

YeOTB haqida

Yevroosiyo taraqqiyot banki — bu mintaqaviy moliya insitutidir, 2006-yilda Rossiya va Qozog‘iston tashabbusi bilan tashkil etilgan. Bankning asosiy maqsadi Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish va ularning iqtisodiy o‘sishiga ko‘maklashishdir. YeOTB a’zolari quyidagi davlatlarni o‘z ichiga oladi: Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Tojikiston, Qirg‘iziston, Armaniston. Bank juda ko‘plab yirik infratuzilmaviy loyihalarni, ayniqsa, transport, energetika va sanoat sohalarida moliyalashtiradi.

YeOTBning asosiy faoliyat yo‘nalishlari

Yevroosiyo taraqqiyot bankining asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagicha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:

  • Infratuzilmani rivojlantirish;
  • Iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash;
  • Moliya bozorlari va sanoatni qo‘llab-quvvatlash.

YeOTB faoliyati mintaqa davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, asosan uzoq muddatli investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa davlatlar o‘rtasidagi savdo aloqalarini kuchaytirish va iqtisodiy barqarorlikka erishishga yordam beradi.

O'zbekiston Yevrosiyo taraqqiyot banki a'zosi bo'lishi mumkin

O‘zbekiston uchun bundan qanday naf bor?

O‘zbekistonning Yevroosiyo taraqqiyot bankiga qo‘shilishi mamlakat uchun bir qator iqtisodiy imkoniyatlar va afzalliklar yaratadi. Bu jarayon O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishiga turtki berishi, mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishi va yangi moliyaviy resurslarga yo‘l ochishi mumkin. Xususan, Infratuzilmaviy loyihalarni moliyalashtirish, tijorat aloqalarini kuchaytirish, energetika va sanoat sohasidagi qo‘llab-quvvatlash, mintaqaviy integratsiya, finanslashning yanada qulay shartlari, texnologik transferlar va innovatsiyalar hamda yangi ish o‘rinlari va iqtisodiy barqarorlikni oshirish shular jumlasidan.

Umumiy qilib aytganda, O‘zbekistonning YeOTBga qo‘shilishi mintaqadagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, infratuzilmani rivojlantirish va xalqaro moliyaviy resurslarni jalb qilish kabi muhim imkoniyatlar ochadi. Bu jarayon mamlakatning strategik maqsadlariga erishishda katta ahamiyat kasb etishi mumkin.

Теги :
Iqtisodiyot