$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozogʻiston “yashil” energiya boʻyicha bitim imzolaydi

Yashil energiya

Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekiston COP29 doirasida yashil energiyani rivojlantirish va uzatish bo‘yicha strategik hamkorlik haqida hukumatlararo bitim imzolaydi. Bu haqda Ozarbayjon energetika vaziri Parviz Shaxbazov 18-oktabrda rasmiy matbuotda chop etilgan maqolasida yozgan.

Ozarbayjon energetika yo‘lagining muhim qismi

U ta’kidlashicha, Ozarbayjon Markaziy Osiyoda boshlanadigan yangi energetika yo‘lagi tashabbusining muhim qismidir.

“Loyihaning oldida turgan vazifalardan biri Boku shahrida bosh qarorgohga ega qo‘shma korxona tashkil qilishdir. COP29 doirasida Markaziy Osiyo energetik o‘tish investitsiya forumi doirasida Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida yashil energiyani rivojlantirish va uzatish bo‘yicha “Strategik hamkorlik haqida hukumatlararo bitim” imzolash rejamiz bor”, — deb yozgan Shaxbazov.

Yashil energiya yo‘lagini Markaziy Osiyo bilan bog‘lash

Shuningdek, u “Kaspiy — Qora dengiz — Yevropa yashil energiya yo‘lagi”ni Markaziy Osiyo bilan bog‘lash imkoniyati ham muhokama qilinayotganini qo‘shimcha qilgan.

Xabarda qayd etilishicha, kelishuv loyihasida tomonlarning Yevropa va boshqa mintaqalarga toza energiya yetkazib berishni tashkil qilish, yangi texnologiyalarni qo‘llash sohasida hamkorlik qilish hamda energiya samaradorligi va energiyani tejash xizmatlarini rivojlantirish niyatlari aks ettirilgan. Bitim noaniq muddatga tuziladi.

Hamkorlik memorandumi

Ma’lumot uchun, Qozog‘iston, Ozarbayjon va O‘zbekiston energetika vazirlari 2024-yil 1-may kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida uch respublika energetika tizimlarini o‘zaro bog‘lash bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzoladi. Ushbu hujjat Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekistondan Yevropaga yashil energiyani yetkazib berish uchun Kaspiy dengizi ostidan va boshqa davlatlar hududi orqali yuqori kuchlanishli kabel yotqizish imkoniyatlarini o‘rganishni nazarda tutadi.

Теги :
Iqtisodiyot