$
 12287.31
-22.68
 14644.02
-22.1
 158.83
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Ehtiyojmand oilalarning uylari energiya tejamkor qilib taʼmirlab beriladi

energiya

Avvalroq prezidentning aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlari yaratish va kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha qarori qabul qilingani haqida xabar berilgandi.

Kim xulosa beradi?

Hujjat ko‘ra, 2026-yil 1-martdan boshlab “mahalla yettiligi” xulosasiga asosan Ijtimoiy reyestrdagi I-guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli aʼzosi bo‘lmagan oilalar xonadonlarining devor va tomlari izolyatsiya qilinadi.

Energiya tejamkor deraza va eshik hamda quyosh panellari yoki geliokollektor o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi.

Bunda “Saxovat va ko‘mak”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” jamg‘armalari hisobidan I-guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli aʼzosi bo‘lmagan oilalar xonadonlarini “yashil” taʼmirlash ishlari moliyalashtiriladi.

200 mlrd so‘m

Ushbu maqsadlar uchun teng ulushlarda jami 200 mlrd so‘m mablag‘ tuman hokimliklari huzuridagi Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armalariga ajratiladi.

Dastlabki bosqichda mazkur ishlar tajriba tariqasida Navoiy viloyatida yashovchi mehnatga layoqatli aʼzosi bo‘lmagan oilalarda amalga oshiriladi.

Apreldan boshlab Navoiy tajribasi asosida respublikaning boshqa hududlarida yashovchi ehtiyojmand oilalarning xonadonlari ham energiya tejamkor qilib taʼmirlanadi.


Теги :
Jamiyat