O'zbekistonliklarning yashash sifati qanchalik yaxshilandi?
Mavzuga statistika agentligining 100 ta aholi jon boshiga maishiy texnika va avtomobillar soni keltirilgan taqsimot ma'lumoti misolida nazar tashlaymiz.
2 daqiqa o‘qiladi

O'zbekistonliklarning "yashash sifati" qanchalik yaxshilandi? Mavzuga statistika agentligining 100 ta aholiga jon boshiga maishiy texnika va avtomobillar soni keltirilgan ma'lumoti misolida nazar tashlaymiz.
Yashash sifati
Inson umr kechirar ekan hayoti davomida turli ehtiyojlarga duch keladi. Odamlarning turmushi, hayot tarzini birmuncha osonlashtirish va yengillashtirish uchun yildan-yilga turli maishiy jixozla kashf etilmoqda. Ularning bir qanchasi bugungi kunda o'zbek xonadonlari, xo'jaliklarida ham xizmat qilmoqda. Demak, ular bilan bugungi o'zbek jamiyatining hayoti birmuncha osonlashayotgani hamda hayot sifati yaxshilanayotganini o'lchashimiz mumkin.
Raqamlar gapirganda
O‘zbekistonda uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi maʼlumotlariga asosan 2023-yilda 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 57 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan. Eski ma'lumotlarga nazar soladigan bo'lsak, bu ko‘rsatkich 2010-yilda — 21 ta, 2015-yilda — 42 tani tashkil etgan. 2020-yilda esa 100 ta xo'jalikka 49 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan 2023-yilda 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar soni 176 tani tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2010-yilda — 132 ta, 2015-yilda — 152 ta, 2020-yilda esa 162 tani tashkil etgan. Yana shular ma'lumki, ayni shu axborotga ko'ra, 2023-yilda 100 ta uy xo'jaligiga to'g'ri keladigan elektr changyutgichlar soni 71 tani tashkil qilgan. Ushbu natija 2010-yilda — 37 tani, 2015-yilda — 53 tani, 2020-yilda esa 60 tani tashkil qilgan.
Qarzdorlik ortgan
2023-yil mart oyida PMTI ekspertlari O‘zbekistonda insonlarning hayoti davomida iste’mol xarajatlari va daromadlari, o‘zgarish xususiyatlari hamda qarz munosabatlariga kirishish holatini tahlil qilgan edi. O‘zbekistonda aholi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, yosh oilalar boshqa oilalarga nisbatan daromadining ko‘p qismini qarz to‘lashga sarflayotganini ma’lum qilgan. Bunda, respondentlarning 18 foizi maishiy texnika, 22 foizi uy-joy, 13 foizi avtomobil, 10 foizi o‘qish shartnoma to‘lovi, 11 foizi esa telefon uchun qarz olganligi ma’lum bo‘lgan.



