$
 12136.92
14.85
 14191.70
4.03
 159.99
3.6
weather
+26
Кечаси   +14°

Yaqin Sharq osmoni huvillab qoldi: Vaziyat qanchalik keskin?

Havo yo

Yaqin Sharqdagi beqarorlikning oshishi natijasida Niderlandiyaning “KLM” va Fransiyaning “Air France” aviakompaniyalari mintaqadagi bir qator davlatlar ustidan parvozlarni vaqtincha to‘xtatish haqida qaror qabul qildi. Xususan, Isroil, Iroq va Eron havo hududidagi reyslar vaqtincha bekor qilindi yoki to‘xtatildi. Yevropa OAVlarning xabarlariga ko‘ra, Dubay, Ar-Riyod, Dammam va Tel-Aviv yo‘nalishlaridagi parvozlar ham o‘zgarishlarga duch keldi.

“KLM” kompaniyasining rasmiy bayonotida aytilishicha, bu qaror aviakompaniya yo‘lovchilar va ekipajlarining xavfsizligini ta'minlash maqsadida qabul qilingan. Hozirda kompaniya vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini va barcha qarorlar xavfsizlikni ta’minlashga qaratilganligini ta’kidlamoqda.

Mintaqadagi beqarorlik

Niderlandiya tashqi ishlar vaziri David van Vilning so‘zlariga ko‘ra, aviakompaniyalar o‘zlarining parvozlar xavfini mustaqil ravishda baholab, har qanday qarorni mintaqadagi harbiy harakatlarning kuchayishi va AQShning noaniq siyosati nuqtai nazaridan qabul qilishadi. U, shuningdek, Isroil, Iroq va Eron havo hududidagi vaziyatni mintaqadagi umumiy beqarorlik va harbiy ishtirokning kuchayishi bilan bog‘lagan.

Shu bilan birga, boshqa yevropalik aviakompaniyalar, jumladan “British Airways”, “Wizz Air”, “Flydubai” va “Lufthansa Group” kabi aviakompaniyalar ham Isroil va Yaqin Sharqning ba'zi hududlariga parvozlarni vaqtincha to‘xtatganliklarini e'lon qilgan. Ayni paytda, ko‘plab yevropalik aviakompaniyalar hozirda Isroilga parvozlarni davom ettirmoqda.

AQShning aralashuvi va Eronning reaksiyasi

Voqealar fonida AQSh prezidenti Donald Tramp Eron tomonga qarata amerikalik harbiy kuchlarni yo‘naltirish niyatida ekanligini bildirdi. U, shuningdek, Eron rahbariyatini keskin tanqid qilib, bu mamlakatning harbiy harakatlari global xavfsizlikka tahdid solishini ta’kidladi. Eronning o‘zida esa dekabr oyining oxiriga kelib iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi sababli ommaviy norozilik namoyishlari boshlanib, mamlakatda beqarorlik kuchaygan.

Eronning rasmiylari o‘z navbatida, bu beqarorlikda AQSh va Isroilni ayblab, mamlakatdagi ichki ishlar va iqtisodiy muammolarning tashqi aralashuvlar bilan bog‘liq ekanligini ta'kidladi. Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi rahbariyati esa, agar tashqi aralashuvlar bo‘lsa, bunga keskin javob berilishini ogohlantirdi.

“To‘liq urush” qachon boshlanadi?

Eron hukumati AQSh kuchlarining mintaqaga joylashtirilayotgani tufayli mamlakatga hujum boʻlgan taqdirda bu harakat “toʻliq urush” holatini keltirib chiqishini ma’lum qildi.

“Agar amerikaliklar Eronning suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzsa, biz albatta javob beramiz”, — degan Eron rasmiysi.

Ushbu shaxs AQShing hujumiga Eron tomonining javobi qanday boʻlishi haqida aniq maʼlumot bermagan boʻlsada, mamlakat harbiylari barcha ssenariylarga tayyorligi, boʻlinmalar toʻliq jangovar holatga keltirilgani hamda har qanday hujum toʻliq urush holatini keltirib chiqarishini bildirgan.

Doimiy nazorat zarur

Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi aviakompaniyalar va xalqaro siyosatni bevosita ta'sir qilmoqda. Aviakompaniyalar mintaqadagi xavfsizlikni baholashda ehtiyotkorlikni davom ettirmoqda, ammo mintaqadagi harbiy ishtirokning kuchayishi va iqtisodiy beqarorlik hammasining doimiy monitoringini talab etadi.

Теги :
Jamiyat