Yangi yilni jamoaviy nishonlash uchun TOP-20 manzillar
Toshkentda Yangi yil korporativi uchun eng qulay joyni izlayapsizmi? Tanlov juda keng - shinam restoranlardan tortib zamonaviy lounjelar, katta ziyofat zallarigacha mavjud. Biz sizlar uchun har xil byudjet va istaklarga mos keladigan, har qanday ko‘lam va formatdagi bayramni o‘tkazishingiz mumkin bo‘lgan 20 ta eng zo‘r joylar ro‘yxatini tayyorladik.
6 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Yangi yil korporativi uchun eng qulay joyni izlayapsizmi? Tanlov juda keng - shinam restoranlardan tortib zamonaviy lounjelar, katta ziyofat zallarigacha mavjud. Biz sizlar uchun har xil byudjet va istaklarga mos keladigan, har qanday ko‘lam va formatdagi bayramni o‘tkazishingiz mumkin bo‘lgan 20 ta eng zo‘r joylar ro‘yxatini tayyorladik.
1. Retro Milliy
Retro Milliy 20–30-dekabr kunlari 17:00 dan keyin o‘tkaziladigan korporativlar uchun bir kishiga 700 000 so‘mdan boshlanadigan paketni taklif qiladi. Bu narxga maxsus Yangi yil menyusi, jonli musiqa, DJ, Qorbobo va Qorqiz, tanlovlar, sovg‘alar — to‘liq bayram dasturi kiradi.
Agar siz korporativni kunduzgi paytda (12:00–16:00) o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, buning uchun 1 200 000 so‘m qo‘shimcha to‘lov mavjud. Kunduzgi formatga raqs maydonchasi va DJ qo‘shilishi mumkin, menyu esa to‘liq sizning istagingiz bo‘yicha tuziladi.
📍 Manzil: Oltintepa ko‘chasi, 28
📞 Buyurtma uchun: 91 191 30 05
2. Safran Restaurant
Safran Restaurant’da maxsus aksiya amal qiladi — 20% chegirma bilan Yangi yil korporativi. Maxsus menyu bo‘yicha bir kishi uchun narx 110 000 so‘m. Raqs maydonchasi mavjud, kunduz ham musiqa qo‘yilishi mumkin. Bayram dasturlari 20-dekabrdan boshlanadi.
📍 Manzil: Uchtepa, 24-kvartal, 8A
📞 Buyurtma uchun: 99 353 63 63
3. Aristokrat
Aristokrat yangi yil tadbirlarini dekabr boshidan qabul qiladi. O‘rtacha chek bir kishiga 200 000–250 000 so‘m. Raqs maydonchasi 18:00 dan ishlaydi. Menyu ixtiyoriy tarzda tanlanadi.
📍 Manzil: Ismoilota ko‘chasi, 21
📞 Buyurtma uchun: 77 183 70 00
4. Turka Saray
Turka Saray’da o‘rtacha chek 250–300 ming so‘m. Maxsus Yangi yil menyusi yo‘q — tanlov o‘zingizga bog‘liq. Bayram dasturlari 19-dekabrdan boshlanadi, jonli musiqa 20:00 dan. Kunduzi musiqa qo‘yilmaydi.
📍 Manzil: Mironshoh ko‘chasi, 2/8
📞 Buyurtma uchun: 99 435 48 88
5. Qoratosh Restaurant
Qoratosh’da o‘rtacha chek 300–350 ming so‘m. Bu summaga jonli musiqa va turli ko‘ngilochar dasturlar kiradi. 12:00 dan keyin kunduzgi korporativ ham o‘tkazish mumkin — DJ va raqs maydonchasi ishlaydi.
📍 Manzil: Furqat ko‘chasi, 19
📞 Buyurtma uchun: 90 346 47 08
6. Xorrot Restaurant
Xorrot’da Yangi yil korporativlari 12–30-dekabr kunlari, soat 19:00 dan boshlanadi. Bir kishiga minimal narx — 400 000 so‘mdan, menyu esa mijoz tanloviga ko‘ra shakllantiriladi. Jonli musiqa va bayramona muhit taqdim etiladi.
📍 Manzil: Bog‘ishamol ko‘chasi, 95a
📞 Buyurtma uchun: 78 888 01 00
7. Chenson
Chenson’da har biri 110 kishigacha mo‘ljallangan ikki zal bor, barchasi Yangi yil ruhida bezatilgan. Menyu 450 000 so‘mdan — tayyor variant yoki individual menyu. Dastur: jonli musiqa, boshlovchi, shou, Qorbobo va Qorqiz, sovg‘alar. Tadbirlar 19–21 va 24–30-dekabr kunlari, 19:00 da.
📍 Manzil: Sarbon tupik, 4
📞 Buyurtma uchun: 90 326 60 35, 90 134 01 54

8. Bukhara Compliment
20–30-dekabr kunlari, 19:00 dan boshlab korporativlar qabul qilinadi. Narx — 470 000 so‘mdan. Dastur: mualliflik menyusi, jonli chiqishlar, shou-balеt, DJ.
📍 Manzil: Do‘rmon ko‘chasi, 20
📞 Buyurtma uchun: 93 854 22 22
9. Shamsan
18–30-dekabr kunlari maxsus menyu bo‘yicha narx 499 000 so‘mdan. Jonli musiqa, DJ, Qorbobo va Qorqiz tabriklari, restoran sovg‘alari. 10 kishilik menyu formatlari mavjud.
📍 Manzil: Yangi Qo‘yliq, 1B
📞 Buyurtma uchun: 97 800 77 88
10. Santini
19–30-dekabr kunlari soat 18:00 dan, bir kishiga 590 000 so‘mdan. Narxga banket menyusi, shou dastur, DJ va mehmonlar bilan fleshmob kiradi. Kunduzgi tadbirlar o‘tkazilmaydi.
📍 Manzil: Chinobod ko‘chasi, 63
📞 Buyurtma uchun: 90 936 00 05
11. Bourbon Restaurant
18–30-dekabrda qabul qiladi. Depozit — 500 000–700 000 so‘m, bu summaga 100 000 so‘mlik kirish chipta ham kiradi. Menyu ixtiyoriy. Dastur: shoular, Qorbobo va Qorqiz, DJ, raqslar.
📍 Manzil: Tallimarjon ko‘chasi, 135
📞 Buyurtma uchun: 90 961 88 88
12. Villa Brasserie
Turli paketlar taklif etiladi:
— Silver — 550 000 so‘m
— Gold — 750 000 so‘m
— Premium — 950 000 so‘m
Har bir paketga boshlovchi, shou, DJ, jonli musiqiy guruh, bayram bezagi va maxsus menyu kiradi.
📍 Manzil: Sug‘diyona ko‘chasi, 1
📞 Buyurtma uchun: 97 945 17 17
13. Khan Chapan
15–30-dekabr kunlari, 19:00 dan. 15–19-dekabrda depozit yo‘q, 19-dekabrdan boshlab — 640 000 so‘mdan. Dastur: jonli musiqa, raqslar, fleshmoblar, etnik musiqa, Qorbobo va Qorqiz, xon taomlari, tanlovlar.
📍 Manzil: Usta Olim tupigi, 5
📞 Buyurtma uchun: 71 205 00 20, 99 442 72 27

14. Gaya
20–30-dekabr kunlari, 18:00 dan. Maxsus menyu — 650 000 so‘mdan. Jonli musiqa, bayramona kayfiyat, shoirona taomlar, tanlovlar, Qorbobo va Qorqiz tabrigi.
📍 Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 1A
📞 Buyurtma uchun: 33 330 00 11
15. Marina
15–31-dekabr kunlari maxsus Yangi yil menyusi: 680 000 — 890 000 so‘m. Issiq taomlar, salatlar, shirinliklar, ichimliklar — to‘liq bayram dasturi.
📍 Manzil: Furqat ko‘chasi, 27
📞 Buyurtma uchun: 77 155 00 44
16. FABIS Restaurant & Bar
19–30-dekabr kunlari, 19:30 dan. Maxsus menyu — 700 000 — 900 000 so‘m. Jonli musiqa, shou, sovrinli o‘yinlari va bayram atmosferasi
📍 Manzil: Tallimarjon ko‘chasi, 15B
📞 Buyurtma uchun: 97 461 35 35

17. Manana
18–30-dekabr, 20:00 dan. Narx — 770 000 so‘m. Maxsus menyu, jonli vokal, boshlovchi, Qorbobo va Qorqiz — gruzinona iliq atmosferada.
📍 Manzil: Amir Temur ko‘chasi, 22/5
📞 Buyurtma uchun: 99 277 08 88

18. Amarant
20–31-dekabr kunlari korporativlar o‘tkaziladi. 22, 23, 26, 28, 30 va 31-dekabr 19:00 da Yulduz Usmonova konserti bo‘lib o‘tadi. Narx — 700 000 — 890 000 so‘m. Jonli chiqishlar, bayram dasturi, Qorbobo va Qorqiz.
20-dekabrgacha — depozitsiz, musiqa va raqs bilan oddiy kechki dam olish rejimi mavjud.
📍 Manzil: Lutfiy ko‘chasi, 49
📞 Buyurtma uchun: 95 076 7777
19. Bamonti
Maxsus menyu — 830 000 so‘mdan. Jonli musiqa, boshlovchi, DJ, Qorbobo va Qorqiz tabriklari, interaktiv tanlovlar va sovg‘alar.
📍 Manzil: Mirobod ko‘chasi, 39B
📞 Buyurtma uchun: 93 55 04 44
20. Prestige Tashkent
19–30-dekabr kunlari korporativlar qabul qiladi. Maxsus menyu — 800 000 — 1 000 000 so‘m. Raqs maydonchasi 20:00 dan ishlaydi, Yangi yil dasturi taqdim etiladi.
📍 Manzil: Chilonzor, Kichik xalqa yo‘li ko‘chasi, 1A
📞 Buyurtma uchun: 91 192 15 11



