$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

“Yandex Go” elektromobillarga investitsiya kiritadi

yandex

Yangi tarif birinchi bosqichda Toshkentda yo‘lga qo‘yilib, 1 mingdan ortiq elektromobillar xizmatga ulanishi kutilmoqda.

“Yandex Go” Toshkentda elektromobillar uchun maxsus tarifni ishga tushirishni rejalashtirmoqda

“Yandex Go” O‘zbekistonda elektromobillar uchun alohida tarif joriy etadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yaqin vaqtlar ichida Toshkentda ilk bor taksi xizmatining maxsus tarifida elektromobillar ishlaydi.

Keyingi bosqichda kompaniya elektromobillardan foydalanuvchi hamkorlar sonini oshirishni rejalashtirmoqda, bu esa barqaror shahar muhitini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi degani.

Dastlabki bosqichda 1000 dan ortiq elektromobillar

Tarifda “BYD”, “Dongfeng”, “Hongqi” va boshqa markalardagi elektromobillar taqdim etiladi. Dastlabki bosqichda, “Yandex Go” xizmatiga 1000 dan ortiq avtomobillarni ulash rejalashtirilgan.

Elektromobilning qulayliklari

“Yandex Taxi"ning MDH bo‘yicha rivojlanish direktori Kirill Svinsov shunday deydi: Elektromobillarning koʻplab afzalliklari mavjud, jumladan tejamkorligi va minimal zararli chiqindilar, yoqilg‘i sarfi va xarajatlari pastligi, bu haydovchilar uchun foydali.

Kompaniyaning ta'kidlashicha, taksilarda yashil texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash nafaqat shahar muhitini yaxshilashga, balki elektr transporti infratuzilmasini rivojlantirishga ham ragʻbatlantiradi.

Bu tashabbus elektromobillarga bo‘lgan talabni oshishiga turtki bo‘ladi

Kompaniya bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash nafaqat shaharlardagi hayot sifatini yaxshilashga, balki elektromobillarga bo‘lgan talabni oshirish va mos infratuzilmani rivojlantirishga ham turtki beradi deb hisoblaydi.

Yandex Go ilovasidagi elektromobillar “Komfort+” tarifida bo‘ladi.

Munosabat

Generalissimus kanali elektromobillarning ommalashuvi oshayotganini hisobga olganda, bu juda mantiqiy qadamligi, mashinalar atrof-muhit uchun qulay va xavfsiz, davlat tomonidan atrof-muhitni yaxshilash tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanayotganini ta’kidladi.

“Va albatta, infratuzilmani rivojlantirish, bu nafaqat yangi yoʻllar, quvvatlash stansiyalari, balki yangi ish oʻrinlari va iqtisodiy oʻsishni ham oʻz ichiga oladi.

Koʻplab yetakchi davlatlarda allaqachon elektrotaksilar faoliyat yuritmoqda va Oʻzbekiston ham bundan chetda qolmayapti. Texnologiya va infratuzilma rivojlangani sari elektr transport vositalari soni faqat ortib boraveradi” – deyiladi kanalda.

Теги :
Жамият