$
 12618.63
-49.51
 14516.47
-124.1
 160.83
-0.32
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Yarim yilda YaIM 567 trillion so‘mga yetdi

YaIM

Statistika agentligi joriy yilning o‘tgan 6 oylik yalpi ichki mahsulot statistikasini taqdim etdi. Unga ko‘ra, YaIMda 6,4 foizlik o‘sish kuzatilgan.

45,2 milliard dollarlik YaIM

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 2024-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi 567,4 trillion so‘mni (45,2 milliard dollar) tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2023-yil mos davridagidan 6,4 foizga yuqori.

Yarim yil davomida mamlakatda sanoat ishlab chiqarish hajmi 7,8 foizga, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi 3,8 foizga, qurilish ishlari hajmi 10,1 foizga o‘sdi. Shu bilan birga, xizmatlar ko‘rsatish sohasida o‘sish surʼati 6,4 foiz bo‘ldi.

Korxonalar tomonidan 370 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi

Joriy yilning dastlabki 6 oyida respublika korxonalari tomonidan 370 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi 170,3 trillion so‘mni tashkil etdi.

Agentlik tahliliga qaraganda, dastlabki yarim yillikda respublika isteʼmol sektoridagi inflyatsiya darajasi 5,2 foiz bo‘lgan. Yanvar–iyun oylarida mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,7 foizga arzonlashgan. Nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari 3,3 foizga, xizmatlar 21,1 foizga qimmatlashgan.

Tashqi savdo aylanmasi hajmi 31,8 milliard dollarni tashkil etdi

Yarim yil davomida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi hajmi 31,8 milliard dollarni tashkil etib, 2023- yilning mos davridagidan 8,5 foizga ko‘paydi. Bunda eksport hajmi 13 milliard dollarga, import 18,8 milliard dollariga yetgan.

Ma’lumot uchun, 2023-yilda O‘zbekiston YaIM ilk bor 1,06 kvadrillion so‘mni (90,9 milliard dollar) tashkil etgandi. Respublika YaIM hajmi 2020-yilda 60,2 milliard dollar, 2021-yilda 69,6 milliard dollar, 2022-yilda 81,1 milliard dollar bo‘lgan.

Теги :
Iqtisodiyot