$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekistonda 6 oyda YaIM 6,4 foizga ko‘paydi

YaIM

Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy o‘sish surʼatlarini taʼminlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Yil boshidan buyon QQ 567,4 trillion so‘mga yetdi

Tahlillar ko‘rsatishicha, 2024-yilning birinchi olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga ko‘paydi, sanoat – 7,8 foizga, qurilish – 10,1 foizga, xizmatlar – 12,9 foizga, qishloq xo‘jaligi – 3,8 foizga o‘sdi.

Byudjet daromadlari ham 113 trillion so‘mga yetib, 14 foizga o‘sdi. Umuman, yil boshidan buyon respublikada yaratilgan qo‘shilgan qiymat 567,4 trillion so‘mga yetdi. Bu – o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 94 trillion so‘mga ko‘p.

3,5 milliard dollarlik 3 mingta loyiha

Birinchi yarim yillikda jami kapital quyilmalar 229 trillion so‘mni tashkil qilgani taʼkidlandi. Shundan 15,5 milliard dollari xorijiy investitsiyadir. Yil boshidan 3,5 milliard dollarlik 3 mingta loyiha ishga tushib, 76 mingta yuqori daromadli doimiy ish o‘rni yaratildi.

Tadbirkorlik uchun 82 trillion so‘m kredit va 15,5 trillion so‘m subsidiya berilib, 600 ming aholi biznesga jalb qilindi. Berilgan yengillik va imtiyozlar hisobiga tadbirkorlar ixtiyorida 56,3 trillion so‘m mablag‘ qoldi.

1 million 600 ming aholi ish bilan ta’minlandi

Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvon tajribalari boshlangani, iqtisodiy kompleks mahallaga tushirilgani hisobiga 4 mingdan ortiq mahalla sanoat va qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashdi, 1 million 600 ming aholi rasmiy band bo‘ldi.

Shuningdek, ushbu 4 tajribalar oʻzini oqlaganini hisobga olib, ularga yangi sur'at bagʻishlash zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Jumladan, hali 4 ming 122 ta mahallada ixtisoslashuv darajasi pastligi qayd etildi.

Xonadonlar uchun moliyaviy paket

Joriy yil yakunigacha “Sayxunobod tajribasi”, ya'ni iqtisodiy kompleks tashkilotlarining mahallaga tushib, xonadonbay ishlash tizimi asosida har bir mahalladagi xonadonlar uchun moliyaviy paket qilib berilishi belgilandi. Bu orqali 495 ming aholi bandligini ta'minlash mumkin boʻladi.

Topshiriq va vazifalar

Mutasaddilarga ikkinchi yarim yillikda “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi qamrovini 1,5 barobar oshirib, 4 trillion soʻm ajratish topshirildi.

Yil yakunigacha kamida 50 ta yangi mikro-moliyalash tashkilotini ochib, ularni kreditlashga 1 trillion soʻm resurs berish vazifasi qoʻyildi.

Теги :
Jamiyat