$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Yadroviy urushi boshlanish arafasidami?

Yadro urushi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In 26-fevral kuni strategik qanotli raketalarni muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazganidan soʻng, mamlakat xavfsizlik kuchlariga yadroviy quroldan foydalanishga toʻliq shay holatda turishni buyurgan. Bu haqida “Reuters” nashri xabar berdi.

Sinov maqsadi nima bo‘lgan?

Unda aytilishicha, mamlakat rahbarining shaxsan oʻzi mazkur qanotli raketalar sinovini kuzatib borgan hamda nazorat qilgan.

Nashrga ko‘ra, mamlakatning gʻarbiy qismidan uchirilgan raketalar sinovi ijobiy yakunlandi. Ushbu sinov davlat xavfsizligiga tahdid soluvchi dushmanlarga qarshi yadroviy zarbalar berish qobiliyatini namoyish etish maqsadida oʻtkazilgan.

Yadro qurollarining shayligi

Shuningdek, Kim Chen In KXDR strategik kuchlarining jangovar tayyorgarligini yanada oshirish va yadro qurolidan foydalanishga toʻliq shay holatda turish zarurligini taʼkidlagan.

“Yadroviy kuchlarning jangovar tayyorgarligini muntazam oshirib borish darkor. Ulardan foydalanishga toʻliq tayyor holatda turish esa, mamlakat suvereniteti va xavfsizligini taʼminlashning eng ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi”, — degan Kim Chen In oʻz nutqida.

Shimoliy Koreya maqsadiga yetdi

Maʼlumot uchun, Shimoliy Koreya bir necha yil davomida yadroviy kallaklarni yetkazib berish uchun strategik qanotli raketalarni ishlab chiqishga urinib kelayotgan edi. 26-fevral kuni oʻtkazilgan sinovlarning muvaffaqiyatli yakuni esa, mamlakat oʻz istagiga erishganidan dalolat beradi.

Теги :
Jamiyat