$
 12929.92
-20.11
 13496.25
-9.34
 146.25
3.72
weather
+26
Кечаси   +14°
woodtech

Istirohat bog‘lari va xiyobonlarni xususiylashtirish taqiqlanmoqda

Anhor park

Senatning navbatdagi yalpi majlisda “Yer uchastkalaridan foydalanish tartibi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Yer va shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik

Mamlakatimizda yer uchastkalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish, atrof-muhitning muhofaza qilishni kuchaytirish, ekologik vaziyatni yaxshilash, yashil maydonlarni kengaytirish orqali aholiga qulay ekologik muhit yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, hozirda yer va shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik, shaharsozlik reglamentlari talablariga rioya etilishini taʼminlash, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlarning yer uchastkalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi xabardorligini oshirish maqsadida yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlarini aniqlashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.

Istirohat bog‘lari va xiyobonlarni xususiylashtirishga taqiq

Shuningdek, respublikada skverlar, istirohat bog‘lari, xiyobonlar, sayilgohlar hududlarini hamda ularda ekilgan daraxtlar muhofaza qilinishini kuchaytirish, ular yerlarida bino va inshootlar qurilishini oldini olish choralarini ko‘rish lozim.

Qonun bilan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etilishi, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish yoki begonalashtirish, hududlarini qisqartirish, ularda bino va inshootlar qurish taqiqlanishi qatʼiy belgilanmoqda.

Cheklovlarni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilmoqda

Ushbu cheklovlarni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilishi, botanika bog‘larini xususiylashtirish va ularning hududlarida qurilishni amalga oshirish taqiqlangan holda botanika bog‘larining muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ro‘yxatiga kiritilishini nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Xususan, Qonun bilan Yer kodeksi alohida bob bilan to‘ldirilib, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish tizimini joriy etish, ularni belgilash va o‘zgartirish tartibi tatbiq etilmoqda.

Madaniy hordiq maskanlari va ularning hududlarini saqlab qolish masalasi

Senatorlar taʼkidlanganidek, Qonunning qabul qilinishi yer resurslaridan oqilona foydalanish va boshqarish samaradorligini oshirish, yer fondining barcha toifalaridagi yer uchastkalarini bozor va kadastr baholash sifatini yaxshilash, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va yer uchastkalari mulkdorlarining yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari bo‘yicha xabardorligini oshirish va sohada nazorat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, madaniy hordiq maskanlari va ularning hududlarini saqlab qolish, botanika bog‘lari va ularning yerlarini begonalashtirish, hududida bino-inshootlar qurish yoki qurilish osti maydonlarini kengaytirishni taqiqlaydi hamda mansabdor shaxslarning masʼuliyatini oshiradi.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Теги :
Jamiyat