Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 91 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +9°

Markaziy shifoxonalarda nodavlat xizmatlar xususiy sektorga topshiriladi

Davlat ulushini qisqartirish va xususiy sektor ishtirokini oshirish bo‘yicha yangi loyihalar tasdiqlandi.

2 daqiqa o‘qiladi

Markaziy shifoxonalarda nodavlat xizmatlar xususiy sektorga topshiriladi

Shavkat Mirziyoyev 28-fevral kuni ijtimoiy sohada davlat-xususiy sheriklik loyihalarini samarali tashkil qilishga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat-xususiy sheriklik natijalari

O‘zbekistonda iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirish bo‘yicha katta islohotlar olib borilmoqda. 2019-yilda “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, bu jarayonga keng yo‘l ochildi. Shu asosda 1,2 million o‘rinli xususiy bog‘chalar ochilib, qamrov darajasi 77 foizga yetdi. 57 ta loyiha doirasida 29 ming talaba uchun yotoqxona barpo etildi. Tibbiyot sohasida otolaringologiya, diagnostika va laboratoriya xizmatlarida xususiy sektor ulushi sezilarli darajada oshdi.

Tibbiyot va ta’lim sohalarida yirik loyihalar amalga oshiriladi

Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi va Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki bilan hamkorlikda:

 Tibbiyotda – 1,2 milliard dollarlik 5 ta loyiha

 Maktabgacha va maktab ta’limida – 745 million dollarlik 6 ta loyiha

 Oliy ta’limda – 100 million dollarlik investitsiyalar yo‘naltiriladi.

Xususan, Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Andijon va Samarqand shaharlarida zamonaviy ko‘p tarmoqli klinikalar qurilishi rejalashtirilgan. Hududlardagi markaziy shifoxonalarda esa tibbiyot bilan bog‘liq bo‘lmagan xizmatlar xususiy sektorga o‘tkaziladi.

Madaniyat va sport sohalarida ham xususiy sektor ulushi oshadi

Hozirda 43 ta madaniyat markazi allaqachon xususiy sektorga o‘tkazilgan, yana 127 tasini jalb qilish rejalashtirilmoqda. Bo‘sh turgan basseyn, sport zali va maydonlar yangilanib, sog‘lomlashtirish xizmatlari kengaytiriladi. Bundan tashqari, madaniyat va sport inshootlarini xususiy sheriklik asosida soddalashgan tartibda berish mexanizmlari ishlab chiqiladi.

Davlat rahbari ijtimoiy sohalar bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni tasdiqlash va loyihalarni jadallashtirish yuzasidan tegishli vazirlik hamda mahalliy hokimliklarga topshiriqlar berdi.