$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston U-18 terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempionatida ishtirok etadi

Xokkey

Oʻzbekistonning 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi joriy yil 28-fevraldan 6-martgacha U18 jahon chempionatining IIIB dvizionida oʻyin oʻtkazadi. Uchrashuvlar Bangkok shahrida boʻlib oʻtadi. Bu haqda O‘zbekiston xokkey federatsiyasi xabar berdi.

Ilk o‘yinlar

Terma jamoamiz jahon chempionatining debyut turnirida Janubiy Afrika Respublikasi (JAR), Turkmaniston, Lyuksemburg, Bosniya va Gersegovina, Tailand jamoalariga qarshi oʻyin oʻtkazadi.

Birinchi o‘yin JARga qarshi

Yoshlarimiz turnir davomidagi ilk oʻyinni JARga qarshi 28-fevral kuni Toshkent vaqti bilan 14:30 da boshlashadi. 1-mart kuni (14:30) Lyuksemburg, 3-mart kuni (14:30) Turkmaniston, 4-mart (11:00) kuni Bosniya va Gersegovina bilan kuch sinashadi.

Xalqaro Xokkey Federatsiyasi turnirning soʻnggi oʻyini sifatida Tailand va Oʻzbekiston terma jamoalari uchrashuvini belgilagan.

Milliy terma jamoa debyuti

Shuningdek, xokkey boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham ilk bor 2025-yil Armanistonda boʻlib oʻtadigan jahon chempionatida ishtirok etishi ma’lum bo‘lgan edi.

O‘zbekistonlik xokkeychilar to‘rtinchi diviziondagi raqiblari bilan kuch sinashadi. Unga Armaniston, Eron, Kuvayt, Malayziya va Indoneziya terma jamoalari kiradi.

Теги :
Jamiyat