$
 12916.18
-13.74
 13523.24
26.99
 147.60
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
uzbuild

O‘zbekistonda 14 ta it ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Xizmat iti

Giyohvandlik vositalari, qurol, o‘q-dori, valyuta va tamaki mahsulotlarini fosh qilishga qo‘shgan hissasi uchun 14 bosh xizmat itiga maxsus nishon taqildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi

“Xizmat iti nishoni”

Milliy kinologiya markazi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, bir qator viloyatlar va Toshkent shahridagi bojxona postlarida xizmat olib borayotgan kinologlarning “to‘rt oyoqli yordamchilari” - xizmat itlari bundan 3-yil avval ta’sis etilgan “Xizmat iti nishoni” bilan taqdirlangan. Shuningdek, Milliy kinologiya markazining 5 bosh xizmat iti bo‘yniga ham turli xalqaro va mahalliy musobaqalarda hamda ko‘rgazmalarda yuqori natijalarga erishganligi sababli ushbu nishon taqib qo‘yilgan.

2024-yilgi natijalar

Ma’lum bo‘lishicha, rus spaniyeli, nemis ovcharkasi, ingliz koker spaniyeli, malinua, Sharqiy Yevropa ovcharkasi zotiga mansus bu itlar ko‘magida o‘tgan 2024-yilda 337 kg giyohvandlik vositalari, salkam 55 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari, 11 dona qurol, 10 mingga yaqin o‘q-dori, 24 kg porox, salkam 2,3 mlrd. so‘m ekvivalentdagi naqd xorijiy valyutalar, 41 8 ming qutidan ziyod tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi oldi olingan.

Теги :
Jamiyat