$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Redmi va Poco smartfonlarining 9 ta modelida dasturiy yangilanishlar to‘xtatildi

Redmi Note 10S

Xiaomi kompaniyasi Redmi va Poco seriyasiga mansub to‘qqizta smartfon modeli uchun dasturiy ta’minot yangilanishlarini to‘xtatdi. Bu haqda Ithome nashri ma’lum qildi.

Kompaniya bu ishni har yili amalga oshiradi

Kompaniya har yili eski modellarni dasturiy qo‘llab-quvvatlashdan chiqarib, yangi smartfonlar uchun resurslarni jamlashga harakat qiladi. Endilikda ushbu qurilmalar na operatsion tizim, na xavfsizlik yangilanishlarini qabul qiladi.

Qaysi smartfonlar uchun yangilanishlar to‘xtatildi?

Xiaomi Mahsulot xavfsizligi markazi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, ro‘yxatga Xiaomi Civi, Xiaomi 12X, Redmi Note 10 JE, Redmi Note 10S, Redmi Note 10 Lite, Redmi Note 11T 5G, Poco C31, Poco X3 GT va Poco M4 Pro 5G modellarining kiritilgani ma’lum bo‘ldi.

Xiami’dan yangi smartfon

Shuningdek, Xiaomi kompaniyasi fevral oyi oxirida ikkita yuqori darajadagi qurilmalar – Xiaomi 15 Ultra smartfoni va Xiaomi SU7 Ultra elektromobilining taqdimoti bo‘lishini rasman tasdiqladi. Kompaniya rahbari Ley Junning so‘zlariga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida ikkita Ultra bozorga chiqariladi.

Xiaomi 15 Ultra

Smartfon 16 GB tezkor xotira va 512 GB ichki xotiraga ega bo‘ladi. Qurilma 6000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan ta’minlanib, 90 Vt simli va 50 Vt simsiz tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Kamera tizimi 1 dyuymli katta sensor va 200 MP periskop telefoto linzalar bilan jihozlanishi kutilmoqda.

Xiaomi SU7 Ultra

Xiaomi SU7 Ultra esa 1548 ot kuchiga ega uchta elektr motor bilan ta’minlanadi va 0 dan 100 km/soatgacha atigi 1,98 soniyada tezlashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Maksimal tezligi 350 km/soat etib belgilangan. Mashina saloni sport o‘rindiqlari va uglerod elementlari bilan bezatilgan bo‘lib, aerodinamik tuzilishi 285 kg bosim kuchini ishlab chiqish imkonini beradi.

Теги :
Jamiyat