$
 12145.65
3.71
 14268.71
-21.14
 164.33
1.7
weather
+26
Кечаси   +14°

12 kun, 170 ta qoidabuzarlik: 4 mingga yaqin bola hayoti xavf ostida

GAI


O‘zbekistonda 1–12-may kunlari o‘tkazilgan reydlar davomida transportda me’yordan ortiq bola tashish bilan bog‘liq 170 ta holat aniqlandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

4 mingga yaqin bola hayoti xavf ostida

Qayd etilishicha, ushbu holatlarda jami 3 872 nafar bolaning hayoti xavf ostida qoldirilgan. Idora ota-onalarni farzandlari xavfsizligiga befarq bo‘lmaslikka chaqirib, bolalarni qoidalarga zid ravishda tashishga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini ta’kidlagan.

Xizmat vakillari Navoiy viloyatida sodir bo‘lgan avtohalokatni misol sifatida eslatib o‘tgan. Unda haydovchilik huquqiga ega bo‘lmagan bog‘cha mudirasi 13 nafar tarbiyalanuvchi va o‘zining uch oylik farzandini avtomobilda olib ketayotib YTH sodir etgan. Oqibatda mudira vafot etib, 14 nafar bola shifoxonaga yotqizilgandi.

Shuningdek, Buxoro viloyatida 40 nafar bog‘cha bolasi mast holatdagi haydovchiga topshirilgani aniqlangan. Sirdaryo viloyatida esa avval haydovchilik huquqidan mahrum etilgan shaxs maktabgacha ta’lim tashkilotiga xizmat ko‘rsatib, Damas avtomobilida 23 nafar bolani tashib yurgani ma’lum bo‘lgan.

Namangan viloyatida hali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan haydovchi 18 nafar bolaning hayotini xavf ostida qoldirgan holda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotganda YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgan.

Ota-onalar mas‘uliyati

YHXX bolalarning hayoti va xavfsizligi uchun, avvalo, ota-onalar hamda mas’ullar javobgar ekanini eslatib, nazorat tadbirlari davom etishini ma’lum qilgan.

Теги :
Jamiyat