$
 11823.69
45.17
 13797.06
63.31
 139.74
0.78
weather
+26
Кечаси   +14°

AQSh va Kanadadagi o‘zbekistonliklar Shavkat Mirziyoyevga xat yo‘lladi

AQSh

AQSh va Kanadada yashayotgan o‘zbekistonlik vatandoshlar Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi. “Vatan Global Alliance” nomidan yuborilgan xatni AQShdagi 500 nafar vatandosh qo‘llab-quvvatlab, imzolagan.

“Millat shavqati” kitobi taqdimoti

Murojaatda yaqinda Filadelfiya va Nyu-York shaharlarida “Millat shavqati” kitobi taqdimotlari o‘tkazilgani qayd etilgan. Vatandoshlar ushbu tadbirlar xorijda yashayotgan o‘zbekistonliklarni Vatan atrofida birlashtirganini ta’kidlagan.

Kitobda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalq farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar va mamlakatning xalqaro maydondagi mavqei haqida so‘z yuritilgani aytilgan.

O‘zbekiston–AQSh aloqalariga e’tibor

Xatda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ta’lim va madaniy aloqalar rivojlanayotgani qayd etilgan.

Vatandoshlar Prezident Shavkat Mirziyoyev va AQSh Prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi muloqotlar hamda AQSh Kongressi va boshqa doiralar bilan aloqalar ikki davlat hamkorligi uchun yangi imkoniyatlar yaratganini ta’kidlagan.

Vatandoshlar o‘z hissasini qo‘shmoqchi

Murojaatda “Vatan Global Alliance” AQSh va Kanadadagi o‘zbekistonliklarni birlashtirish, ular bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda ikki davlat o‘rtasida hamkorlik ko‘priklarini yaratishni maqsad qilgani bildirilgan.

Shuningdek, xorijdagi vatandoshlar amerikalik tadbirkor va investorlarni O‘zbekistonga jalb qilish, yangi texnologiya, bilim va tajribalarni mamlakatga olib kirish, ta’lim va madaniy aloqalarni rivojlantirishga hissa qo‘shishga tayyor ekanini bildirgan.

Murojaat yakunida vatandoshlar Prezident Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi bilan tabriklab, mamlakat tinchligi, xalq farovonligi va taraqqiyotini tilagan.

Теги :
Jamiyat