Yakshanba, 25-oktabr, 2026
Havo 77 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +6°

11,4 mlrd. so‘mlik davlat xaridlari qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilishining oldi olindi

O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

2 daqiqa o‘qiladi

11,4 mlrd. so‘mlik davlat xaridlari qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilishining oldi olindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining xabar berishicha, joriy yilning aprel—may oylarida jami 11,4 mlrd. so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan davlat xaridlari

Jumladan, quyidagi davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan:

  • O‘zyo‘lko‘prik klasterining Navoiy filiali — 2,0 mlrd. so‘mlik;
  • “Samarqand avtomobil zavodi” MCHJ — 1,97 mlrd. so‘mlik;
  • Kasbi tumani maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi — 813,5 mln. so‘mlik;
  • Kattaqo‘rg‘on tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi — 600 mln. so‘mlik;
  • To‘rtko‘l tumani Obodonlashtirish boshqarmasi — 433 mln. so‘mlik;
  • Toshkent viloyati Ftiziatriya va pulmonologiya markazi — 405 mln. so‘mlik;
  • Termiz davlat pedagogika instituti — 383,1 mln. so‘mlik;
  • Sirdaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘limi —  250,5 mln. so‘mlik;
  • “Namangan suv taʼminoti” MCHJ — 240,8 mln. so‘mlik;
  • O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining Qashqadaryo viloyati chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati — 210 mln. so‘mlik;
  •  Taxiatosh tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi — 161,2 mln. so‘mlik;
  • Toshkent shahar 52-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab — 140,4 mln. so‘mlik;
  • Urgut “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi — 117,6 mln. so‘mlik;
  • Narpay tumani sport maktabi — 108,6 mln. so‘mlik;
  • Ishtixon davlat o‘rmon xo‘jaligi — 100 mln. so‘mlik;
  • Uchqo‘rg‘on tuman obodonlashtirish boshqarmasi — 61 mln. so‘mlik davlat xaridlari.     

O‘zaro affillangan shaxslar ishtiroki

Shuningdek, quyidagi davlat xaridlarida qonunchilik talablariga zid ravishda o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etganligi aniqlandi:

  • Amudaryo tumani obodonlashtirish boshqarmasi — 946 mln. so‘mlik;
  • Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo viloyati filiali — 720 mln. so‘mlik;
  • Mo‘ynoq tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi — 627 mln. so‘mlik;
  • “O‘zbektelekom” AK — 494,9 mln. so‘mlik;
  • Bolalar milliy tibbiyot markazi — 312 mln. so‘mlik;
  • Navoiy viloyat sport boshqarmasi Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi — 167 mln. so‘mlik;
  • Yuqori Chirchiq tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi — 160 mln. so‘mlik davlat xaridlari shular jumlasidandir.

To‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi

Yuqoridagi holatlar bo‘yicha agentlikning taqdimnomalari asosida xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, ko‘rsatib o‘tilgan davlat xaridlari qonunga xilof ravishda o‘tkazilishining oldi olindi.

“O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi”, – deyiladi xabarda.