Davlat xaridlari uchun maxsus kartalar joriy qilindi
Davlat tashkilotlarining xaridlari korporativ bank kartalari orqali amaga oshirilishi bo‘yicha yangi tartib va cheklovlar joriy etildi. Xaridlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab berildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Vazirlar Mahkamasining “Davlat xaridlarini korporativ bank kartalari orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomi” tasdiqlandi.
Xaridlar uchun maxsus bank hisobvarag‘i
Unga ko‘ra, davlat buyurtmachisida maxsus xarid kartasi ochiladi. Davlat muassasalari va tashkilotlari xaridlarni amalga oshirish uchun korporativ bank kartasidan foydalanadi. Xarid kartasiga mablag‘ tushirilishi uchun davlat buyurtmachisining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida maxsus bank hisobvarag‘i ochiladi.
Xaridlar uchun cheklov
Xarid kartasidan foydalanib, quyidagi tovarlar va xizmatlarni sotib olish mumkin:
· Davlat xodimlarining xizmat safariga chiqishi uchun avia, temiryo‘l va yo‘nalish transport chiptalarini xarid qilish;
· Safar davomida kerak bo‘ladigan mehmonxona xarajatlarini qoplash;
· Davlat tashkilotlari balansidagi transport vositalari uchun benzin, suyultirilgan yoki siqilgan gaz, dizel yoqilg‘isi sotib olish;
· Elektromobillarni elektr energiyasi bilan quvvatlantirish.



