Jizzaxda 350 million soʻmlik noqonuniy davlat xaridlari oʻtkazilgani aniqlandi
Raqobat qo‘mitasining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan davlat xaridlari sohasida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganishlari olib borildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Raqobat qo‘mitasining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan davlat xaridlari sohasida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganishlari olib borildi.
Qaysi qonunchilik hujjatlari?
Jumladan:
- Sharof Rashidov tuman tibbiyot birlashmasi 50 mln. so‘mlik;
- G‘allaorol tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi 295 mln. so‘mga yaqin;
- Jizzax viloyati G‘allaorol tuman tibbiyot birlashmasi 53 mln. so‘mdan ortiq tanlov savdolarida qonunchilik talablari buzilgan.
Ushbu holat ortidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilish alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan belgilangan tartibda ishlar qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, qonun buzish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.



