$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Qo'lga tushgan xarassmentlar soni ma'lum

Xarassment

Yil boshlanganidan buyon xotin-qizlarga nisbatan bo'lgan shilqimlik va zo'ravonliklar soni ma'lum bo'ldi. https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/43395

318 ta shilqimlar

Oʻzbekistonda 2024 yilning 1-choragida shahvoniy shilqimlik qilgani uchun 318 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Unga ko'ra, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-1-moddasi bilan sudlanganlarning 97 nafariga jarima jazosi, 221 nafariga esa maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanilgan.

1 999 ta ma'muriy qamoq jazosi\

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 59-2-moddasi (oilaviy (maishiy) zoʻravonlik) bilan 4 343 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilib, ularning 2 344 nafariga jarima jazosi, 1 999 nafariga esa maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanilgan.

Ozodlikdan mahrum qilinganlar qancha?

Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (oilaviy (maishiy) zoʻravonlik) bilan 134 nafar shaxs sudlanib, ularning 51 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 83 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlangan.

Sha'n, qadr-qimmatga doir masalalar

Jinoyat kodeksining 141-3-moddasi (shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilish) bilan 40 nafar shaxs sudlanib, ularning 13 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 27 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlangan.

Теги :
Jamiyat