$
 12172.18
35.61
 14357.09
38.36
 157.45
-0.25
weather
+26
Кечаси   +14°

BAAda qolib ketgan sayyohlarning xarajati qoplab beriladi

BAA

Yaqin Sharqda ro‘y berayotgan keskinlik sabab Birlashgan Arab Amirliklarida qolib ketgan sayyohlarning yashash xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi. Bu haqda “The National” nashri xabar berdi. 

Mehmonxonalarga rasmiy xat yuborildi

Ma’lum qilinishicha, Madaniyat va turizm departamenti mamlakatdagi mehmonxonalarga rasmiy xat yuborgan.

“Hozirgi sharoitni inobatga olib, ayrim mehmonlarning chiqish muddati tugagan bo‘lsa-da, ular favqulodda holatlarga ko‘ra mamlakatni tark eta olmayapti. Shu bois ularning mamlakatdan chiqib ketishiga qadar mehmonxonadagi yashash muddati uzaytirilishi so‘raladi. Qo‘shimcha yashash xarajatlari Abu Dabi Madaniyat va turizm departamenti tomonidan qoplanadi”, deyiladi rasmiy xatda.

20 mingdan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi

Shuningdek, BAA Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi reyslar bekor qilinishi va havo hududining vaqtincha berkitilishi oqibatida mamlakatda qolib ketgan minglab yo‘lovchilarning ovqatlanish va yashash xarajatlarini o‘z zimmasiga olgan.

Rasmiy bayonotda aytilishicha, davlat zarar ko‘rgan va qolib ketgan yo‘lovchilarning barcha xarajatlarini qoplaydi. Shuningdek, hozirga qadar aeroportlar va milliy aviakompaniyalar taxminan 20 200 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgani, ularga vaqtinchalik turar joy, ovqat va ichimliklar taqdim etilgani hamda reyslarni qayta bron qilish ishlari olib borilgan.

Теги :
Jamiyat