$
 12600.05
16.0
 13605.53
70.13
 143.17
-0.63
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi issiqda ishlaydigan xodimlarga kompensatsiya to‘lab beriladi

Xodim ish vaqti

AQSh Mehnat xavfsizligi va sog‘lig‘ini muhofaza qilish boshqarmasi (OSHA) ilk bor ishchilarni issiqdan himoya qilish uchun xavfsizlik standartini qabul qilish arafasida.

2024-yilning 2-iyul kuni federal mehnat xavfsizligi idoralari uchun ishchilarni issiqlik bilan bog‘liq kasalliklar va o‘limdan himoya qilishga qaratilgan ilk milliy standartlar e’lon qilindi. Taklif qilinayotgan yangi standartlar Oliy Sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. 

Issiqlik AQShda ob-havo bilan bog‘liq o‘limlarning asosiy sababchisi

OSHA’ning ushbu tashabbusi, iqlim o‘zgarishining mehnat samaradorligiga ta’sirini hisobga olib, kuchayib borayotgan issiqlik bilan bog‘liq joylardagi baxtsiz hodisalar, jarohatlar, o‘limlarni oldini olish uchun tuzib chiqildi. Agentlik ta’kidlashicha, issiqlik AQShda ob-havo bilan bog‘liq o‘limlarning asosiy sababchisi hisoblanadi. Ma’lumot uchun, AQSHda har yili 1200 dan ortiq odam aynan quyosh urishi orqali vafot etadi.

Qanday imkoniyatlar taqdim etiladi?

Taklif etilgan standart OSHA nazorati ostidagi sanoatning barcha turlari, qurilish, dengiz va qishloq xo‘jaligi sohalarida ochiq va yopiq joylarda ishlovchilarga tatbiq etiladi. Unga ko‘ra agar ish joyidagi issiqlik ko‘rsatkichi 27 darajadan oshsa, ishchilarga muntazam suv tarqatilishi va harorat bilan boshqariladigan tanaffus xonalariga kirish imkoniyati, har ikki soatda haq to‘lanadigan 15 daqiqalik tanaffus va xodimlarning majburiy monitoringi amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Bundan tashqari, ishchilarga va nazoratchilarga issiqlik bilan bog‘liq kasalliklar xavfi, ularning belgilari va oldini olish choralari haqida treninglar o‘tkazilishi ham belgilangan. Treninglarda quyosh urgan holatda 1-tibbiy yordam ko‘rsatish ham o‘rgatiladi.

Теги :
Иқтисодиёт