Amaldorlarga toʻyga borish taqiqlandi
Bu haqda Bosh vazir yig‘ilishlardan birida bayonot bilan chiqdi.
1 daqiqa o‘qiladi

Qirgʻiziston Bosh vaziri Oqilbek Japarov yigʻilishlardan birida noodatiy bayonot bilan chiqqan. U amaldorlarga toʻyma-toʻy yurishni man qilgan.
To‘y vaqtida isrofgarchilikni taqiqlovchi qaror
Vazirlar Mahkamasi rahbarining soʻzlariga koʻra, Prezident Sadir Japarovning barcha farmon va topshiriqlari oʻz vaqtida va samarali bajarilishi shart. Shu bois, u davlat rahbarining toʻy vaqtida chorvalarni soʻyish va isrofgarchilikni taqiqlovchi qaroriga alohida toʻxtalgan.
Tadbirlar vaqtidagi cheklovlar
Bunga o‘xshash qarorni Qirg‘iziston prezidenti 2022-yilda tadbirlar vaqtidagi cheklovlar toʻgʻrisidagi qonunni imzolagan edi. Undan koʻzlangan maqsad fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy turmush darajasini oshirish, shuningdek, jamiyatdagi maʼnaviy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi diniy marosimlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazishda isrofgarchilikning oldini olishdan iborat.



