Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 92 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +23° kechasi +9°

Maktab va ijtimoiy muassasalarda hojatxona hamda dushlar ta’mirlanadi

O‘zbekistonda 1-maydan boshlab maktablar, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy muassasalarda hojatxona va dushlar tashqarida emas, bino ichida joylashtiriladi.

1 daqiqa o‘qiladi

Maktab va ijtimoiy muassasalarda hojatxona hamda dushlar ta’mirlanadi

O‘zbekistonda 1-maydan boshlab maktablar, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy muassasalarda sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilash maqsadida “Toza qo‘llar” dasturi amalga oshiriladi. 

Hojatxona va dushlar tashqarida emas, bino ichida joylashtiriladi

Ushbu tashabbus doirasida mavjud binolardagi hojatxona va dushlar ta’mirlanib, yangi inshootlarda ularning bino ichida joylashishi ta’minlanadi.

Dasturga ko‘ra, barcha ta’lim va tibbiyot muassasalarida sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilash uchun qo‘l yuvish joylari o‘rnatilishi belgilangan. Bu jarayon uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilib, Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi resurslarning taqsimot standartlarini ko‘rib chiqadi.

JSST va BMT ekspertlari ishtirokida hojatxona sharoitlari yaxshilanadi

Shuningdek, 1-avgustga qadar Sog‘liqni saqlash, Moliya va Qurilish vazirliklari JSST va BMT ekspertlari bilan hamkorlikda barcha ijtimoiy obyektlarda, jumladan, viloyatlararo avtomobil yo‘llari bo‘ylab joylashgan jamoat hojatxonalarida sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash bo‘yicha kompleks dastur ishlab chiqadi.