$
 12047.45
26.55
 14099.13
110.41
 151.90
-3.59
weather
+26
Кечаси   +14°

Yer qobig‘ida qancha suv zahirasi bor?

Suv

Geophysical Research Letters” ilmiy jurnalida kanadalik olimlarning yer qobig‘ida suv zaxirasining taxminiy miqdorini aniqlaganliklariga doir maqola chop etildi.

Muzliklardagi suv zahirasidan ham ko‘p

Hisob-kitoblarga ko‘ra, sayyoramiz ostidagi suv miqdori 43,9 million kub kilometrni tashkil qiladi. Bu Yerning barcha muzliklarida ko‘proq suv resurslari jamlanganda ham ko‘proqdir. 

Taqqoslash uchun, Antarktida muzlarida 27 million kub kilometr, Grenlandiya muzliklarida esa 3 million kub kilometr suv bor. Yer muzliklarining qolgan qismidagi miqdor 158 ming kub kilometrni tashkil etadi.

Avvalgi tadqiqot natijalari

Avvalgi tadqiqotlarga ko‘ra, yer qobig‘ining yuqori qatlamlarida yer osti suvlari ko‘rinishidagi 22,6 million kub kilometr suv resurslari mavjudligi aytilgandi.

Yangi tadqiqot nafaqat g‘ovakligi past bo‘lgan kristalli jinslarni, masalan, granitni, balki ko‘proq g‘ovakli cho‘kindi jinslarni ham tahlil qilish orqali bu taxminni ikki barobarga oshiradi.

Okean suvlari 1,3 milliard kub metrga teng

Sayoz yer osti suvli qatlamlari, asosan, chuchuk, ichimlik va sug‘orish uchun ishlatiladi. Bundan farqli o‘laroq, chuqur yer osti suvlari sho‘r bo‘lib, osongina aylana olmaydi yoki yer yuzasiga oqib chiqa olmaydi, bu esa uni sayyoramizning qolgan suvlaridan ajratib qo‘yadi, deydi tadqiqot mualliflari.

Olimlarning aniqlik kiritishicha, okeanlar Yerdagi eng katta suv manbai bo‘lib qolmoqda, ularda 1,3 milliard kub kilometr suv bor.

Теги :
Jamiyat