$
 12692.42
100.85
 14511.24
-34.54
 158.44
4.62
weather
+26
Кечаси   +14°

2040-yilga kelib Oʻzbekiston "xavfli hudud"ga aylanadi

Suv

Sayyoramizda qariyb 1,1 milliard kishi turli darajadagi suv tanqisligidan aziyat chekmoqda. Yurtimizda ham hali ichimlik suvi yetib bormagan chekka hududlar yetarlicha topiladi.

Masalan, birgina Qashqadaryo viloyatining qariyb 40 foiz aholisi ichimlik suvi bilan taʼminlanmagan. Olis qishloq aholisi toza, sifatli suvdan umid qilib kutayotgan bir vaqtda dunyoda suv tanqisligi boshlanib boʻldi. Oʻzbekistonda ham vaziyat anchayin jiddiy.

Dunyo aholisining yarmi suv tanqisligidan aziyat chekadi

Dunyo resurslari instituti tadqiqotiga ko‘ra, 2025-yilga kelib dunyo aholisining yarmi suv tanqisligiga uchragan hududlarda yashashi kutilmoqda. 

2030-yilda kuchli suv tanqisligi tufayli 700 millionga yaqin odam iqlim muhojirlariga aylanadi. 

Oʻrta Osiyodagi vaziyat

2040-yilga borib O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekistonda 80 foizdan ortiq aholi suv tanqisligidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aziyat cheka boshlaydi. Bu dunyo bo‘yicha eng yuqori xavfli hududdir.

Sabab nima?

Kelajakda, hatto, yetarli suv resurslariga ega mamlakatlarda ham suv tanqisligi sezila boshlaydi. 

Bu bir qator omillar - infratuzilma va suv taqsimlashdagi xatoliklar, ifloslanish, mojarolar yoki suv resurslarini noto‘g‘ri boshqarish bilan bog‘liq. Iqlim o‘zgarishi esa suv tanqisligi muammosini tezlashtirib yuboradi.

Maʼlumot uchun: Yuqoridagi kartada qizil rangdagi hududlar bilan 2040-yilga borib 80 foiz aholisi suv tanqisligidan aziyat chekadigan davlatlar tasvirlangan (O‘zbekiston shu xavfli hududlar ro‘yxatida).

Теги :
Jamiyat