$
 12279.48
13.71
 14508.21
16.2
 159.25
0.18
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiya migrantlar uchun “iste’dodlar vizasi” joriy etmoqchi

Rossiya pasporti

Rossiya elchixona va konsulliklari 2026-yil aprelidan boshlab malakali hamda Rossiya Federatsiyasi uchun foydali xorijliklarga bir yillik biznes vizalarini bera boshlaydi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

Kimlar murojaat qilishi mumkin?

Rossiya TIV rahbari Rossiyaga sifatli migratsiya tartibini soddalashtirishga qaratilgan 883-sonli prezident farmoni allaqachon qabul qilinganini bildirgan. Unga ko‘ra, Ilmiy-texnologik taraqqiyot, ishlab chiqarish, sport, kreativ (ijodiy) sanoatlar, madaniy-gumanitar sohalarda yutuqlarga erishgan, Rossiyaning mudofaa qobiliyati va xavfsizligini ta’minlashga hissa qo‘shgan chet elliklar murojaat qilishlari mumkin. 

Shuningdek, alohida talab qilinadigan kasb, malaka yoki ko‘nikmalarga ega bo‘lganlar ham viza olishga da’vogar bo‘lishlari mumkin. Biroq kasblar ro‘yxati aniqlanmagan.

Koʻp martalik vizalar

Bunday chet elliklarga va ularning oila a’zolariga bir yilgacha muddatga ko‘p martalik ishbilarmonlik vizalari beriladi. Ularni berish bo‘yicha ishlar 15-aprelgacha Rossiyaning diplomatik vakolatxonalari va konsulliklarida tashkil etiladi.

“Mazkur vizalarni berish bo‘yicha ishlar Rossiya diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida 2026-yil 15-aprelgacha, Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan chet el fuqarosini Rossiya Federatsiyasi uchun manfaatdor deb tan olish to‘g‘risidagi qaror shakli tasdiqlangan taqdirda, tashkil etiladi”, dedi Lavrov.

Maʼlumotsiz muhojirlar zarar keltiradi 

Yanvar oyi o‘rtalarida Delyagin TIV rahbariga eng bilimli va muvaffaqiyatli xorijliklar uchun “iste’dodlar vizasi”ni joriy etishni ko‘rib chiqish taklifini yuborgan edi. Bunday shaxslarga uch yillik viza berish va yashash uchun ruxsatnoma olish tartibini soddalashtirish taklif qilingan.

Deputat xorijlik olimlarning tadqiqotlari natijalariga tayanib, ma’lumotsiz muhojirlar kelgan mamlakat iqtisodiyotiga foyda emas, zarar keltirishi haqidagi xulosani ta’kidlagandi.

Теги :
Jamiyat