O'tgan yili o‘zbekistonliklar tomonidan topshirilgan Shengen vizasiga arizalar 26% ga oshdi
📍 2024-yilda O‘zbekiston fuqarolari tomonidan Shengen vizasiga 58,6 mingdan ortiq arizalar topshirilgan. Bu 2023-yilga nisbatan 26,2 foizga ko‘proq bo‘lib, so‘nggi o‘n yillikdagi eng yuqori ko‘rsatkich sifatida SchengenVisaInfo.com portalida qayd etilgan.
2 daqiqa o‘qiladi

📍 2024-yilda O‘zbekiston fuqarolari tomonidan Shengen vizasiga 58,6 mingdan ortiq arizalar topshirilgan. Bu 2023-yilga nisbatan 26,2 foizga ko‘proq bo‘lib, so‘nggi o‘n yillikdagi eng yuqori ko‘rsatkich sifatida SchengenVisaInfo.com portalida qayd etilgan.
📊 Viza tasdiqlanish darajasi:
– 2023-yilda Yevropa mamlakatlari O‘zbekistonliklarga jami 51,6 mingta viza bergan, bu esa 87,29 foizlik tasdiqlanish darajasiga teng.
– 9,2 mingdan ortiq ariza rad etilgan, bu esa 2023-yilga nisbatan 1,2 mingtaga ko‘p.
🇩🇪 Germaniya:
– Germaniya O‘zbekistonlik sayyohlar uchun eng ommabop yo‘nalish bo‘lib qolmoqda.
– 2024-yilda Berlindagi elchixona 19,3 ming ariza qabul qilgan, ulardan 15,2 mingtasi tasdiqlangan, 3,8 mingtasi rad etilgan.
🌍 Fransiya, Italiya va Bolgariya:
– Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari Fransiya, Italiya va Bolgariya bo‘yicha ham faol ariza topshirgan.
– Eng ko‘p rad javobi esa Polshadan olingan — Varshava O‘zbekistondan yuborilgan arizalarning 69,2 foizini rad etgan.
💰 Viza to‘lovlari:
– 2024-yilda O‘zbekistondan vizaga to‘langan yig‘imlar miqdori 4,7 million yevroga yetdi.
– Bu mablag‘ning qariyb 740 ming yevrosi keyinchalik rad etilgan arizalarga sarflangan.
– 2014-yildan buyon O‘zbekiston fuqarolari Shengen vizalari uchun umumiy hisobda 26 million yevrodan ortiq mablag‘ to‘lashgan.
📉 Pandemiya ta’siri:
– COVID-19 pandemiyasi davrida (2020–2022 yillar) arizalar soni keskin kamaygan, yiliga o‘rtacha 18,4 mingta ariza topshirilgan.
– Bu esa pandemiyagacha bo‘lgan davrga nisbatan 60 foizdan ko‘proq kamayishni anglatadi.



