$
 12675.00
4.95
 13616.75
56.0
 138.36
0.36
weather
+26
Кечаси   +14°

Chiroqchida maktab o‘quvchisini zo‘rlamoqchi bo‘lgan yigitga jinoiy ish ochildi

Violency

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Qashqadaryo viloyatida bir yigitning voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilayotgan videosi ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘ldi. Holat bo‘yicha Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Tasvirlardagi qiz 2006-yil

Qayd etilishicha, Bolalar ombudsmaniga joriy yilning 24-aprel kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro O.Yu. dan murojaat kelib tushgan.

 Murojaatda Chiroqchi tumanida yashovchi voyaga yetmagan qiz B.B. (2006 -yilda tug‘ilgan) ga nisbatan jinsiy tegajog‘lik qilinib, bu videoga olinganligi va tasvirni tarqatish bilan tahdid qilinayotganligi bildirilgan.   

Holat 2023-yilning iyulida sodir bo‘lgan

 Aniqlanishicha, 2023-yil iyul oyida B.B. ga Sh.X. tomonidan jinsiy tegajog‘lik qilinib, bu holat boshqa shaxs - J.M. tomonidan telefon orqali videotasvirga olingan. Keyinchalik J.M videotasvirni tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, qizdan tovlamachilik yo‘li bilan pul olgan, ammo shundan keyin ham videotasvirni tarqatish bilan tahdidni davom ettirib, tovlamachilik qilib kelgan.

Tovlamachi 100 AQSH dollari olgan

Gumonlanuvchi shaxs videotasvirga olingan holatni tarqatib yubormaslik evaziga qizdan tovlamachilik yo‘li bilan 100 AQSH dollari olganligi aniqlangan.

IIBga ariza

Mazkur holat bo‘yicha B.B. (2006-yilda tug‘ilgan) 2024-yilning 30-mart kuniga kelibgina tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

Tergovga qadar tekshiruv doirasida sudga oid tibbiyot, kriminalistika va biologiya ekspertizalari tayinlangan.

Jinoyatchi JKning 25-, 118- va 165-moddalari bilan ayblanmoqda

Mazkur jinoyat ishi Qashqadayo viloyati prokuraturasi nazoratiga olingan bo‘lib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan joriy yilning 8-aprel kuni Chiroqchi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan gumondor shaxslar Sh.X., J.M. va A.E.larga nisbatan JKning 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 118-moddasi 1-qismi (Nomusga tegish) va 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“O‘z navbatida, OAVda internet orqali voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilgan jinoyat yoki huquqbuzarliklar yuzasidan foto yoki videotasvirlarni ochiq holda tarqatish shaxs, shu jumladan, bola manfaatlariga mutlaqo zidligini eslatamiz. Buning uchun qonunchilikda tegishli javobgarlik ko‘zda tutilgan” – deyiladi xabarda.

Теги :
Жамият